UZUGINGIZ FE`L-ATVORINGIZDAN DARAK BERADI

SUG'DIYONA 03.01.2018, 09:54
UZUGINGIZ FE`L-ATVORINGIZDAN DARAK BERADI

Qo`llaringizga bir nazar soling-chi, uzukni qaysi barmog`ingizga taqqan ekansiz? Siz, hatto, o`ylab ham ko`rmaydigan, allaqachon odatga aylangan bu odat fe`l-atvoringizdan darak berishi mumkin.

Bosh barmoq

Noodatiy tanlov. Bu tanlovni amalga oshirgan inson atrofdagilarning e`tibori va e`tirofiga ehtiyoj sezayotgan bo`lishi mumkin.

Ko`rsatkich barmoq

Bu barmoqqa taqilgan uzuk kuchli iroda va boshqaruvchilik qobiliyatidan darak beradi. E`tibor bergan bo`lsangiz, buyuk shaxslar uzukni aynan shunday taqishgan. Bunday kishilar bilan muomala qilganda ehtiyot bo`lish talab etiladi. Ular o`zlariga nisbatan hurmatsizlikka toqat qila olishmaydi.

O`rta barmoq

Bejizga uzuk markaziy barmoqdan o`rin egallamagan. Bu insonning o`ziga ishonchi va hurmati yuqoriligidan darak beradi. Muhimi, u atrofdagilardan ham huddi shunday munosabatni talab qiladi. Agar uzuk ingichka va bejirim bo`lsa, uning egasi o`z o`rnini biladigan kishilardan. Aksincha, qalin, dabdabali va qimmatbaho uzuk esa haddan tashqari mag`rurlik yoki tan olinish istagidan so`zlaydi.

Nomsiz barmoq

Bu barmoqqa taqilgan uzuk egasining his-tuyg`uga beriluvchanligini anglatadi. Bejizga nikoh uzugi uchun nomsiz barmoq tanlanmagan-da. Odatda, ayollar shu barmoqdagi nikoh uzugining ustidan boshqa uzuk taqib olishadi. Demak, ular uchun nikoh o`ta ahamiyatli. Taqinchoqning hajmi katta bo`lsa, qarshingizda g`ayrioddiy va chegarabilmas inson turibdi. Bordi-yu, hajmi kichik, nozik ishlangan bo`lsa, muloqot ehtiyojini anglatishi mumkin.

Jimjiloq

Jimjiloqqa taqilgan uzuk, egasining jamiyat qabul qilgan qoidalarni chetlab o`tishni xushlashidan darak beradi. Bu inson yangi tuyg`ularni his etishni yaxshi ko`radi. Munosabat chog`ida shu ma`lumotni inobatga oling.

Umuman uzuk taqmaslik

Detektivlar aytganidek, dalilning yo`qligi ham bir dalildir. Ya`ni, sira uzuk taqmaydigan insonlar ko`pincha o`ziga ishonmaydigan, odamlarning ko`zidan nari yurishni yoqtiradigan ayollar hisoblanishadi. Ikkinchi tomondan ular o`zlariga shu qadar ishonishganidan, boshqalarning e`tirofiga ehtiyoj sezmasliklari mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1