1

2018 YILDA DINIY SOHADA KUTILAYoTGAN MISLI KO`RILMAGAN 5 YaNGILIK

Hidoyat sari 03.01.2018, 11:21
2018 YILDA DINIY SOHADA KUTILAYoTGAN MISLI KO`RILMAGAN 5 YaNGILIK

Avvalroq saytimizda 2017 yil diniy-ma`rifiy sohada amalga oshirilgan eng muhim ishlar haqida xabar bergan edik. Xo`sh, bizni 2018 yilda diniy sohada qanday yangiliklar kutmoqda. Azon.uz tomomnidan yurtimizda bo`lishi kutilayotgan ulkan islohotlar sanab o`tildi.

O`zbekistonda qorilar musobaqasi o`tkaziladi

2018 yil yanvar-fevral oylarida O`zbekistonning har bir tumanida so`ng viloyat markazlarida barcha ishtirok etishi mumkin bo`lgan qorilar musobaqasi o`tkaziladi. Aprel oyida qorilar musobaqasining Respublika bosqichi bo`lib o`tadi. Respublika bosqichi uchun yurtimizning eng muhtasham binosi tanlanishi, musobaqa televidenie orqali jonli efirga uzatilishi mumkin. Oliy o`rin sohiblariga Prezident sovg`asi berilishi kutilayotgani haqida ham avval xabar bergan edik.

Ushbu musobaqa aynan prezident Shavkat Mirziyoevning 1 sentyabrda Xastimom majmuasida ziyolilar bilan uchrashuvida aytgan tashabbuslaridan biridir.

O`zbekistonning har bir viloyatida o`g`il-qizlar uchun madrasalar ochiladi

O`zbekistonning barcha viloyatida o`rta-maxsus Islom bilim yurtlari (madrasalar) ochilishi mumkin. Islom bilim yurtlari uchun binolar yangidan qurilishi yoki avval madrasa bo`lib, keyin mustabid sovet ittifoqi davrida boshqa maqsadlarda foydalanilgan binolar o`quv dargohlari sifatida qaytadan tiklanishi mumkin ekan. Gap aynan Farg`ona, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Surxondaryo, Navoiy va Toshkent viloyatlari haqida ketmoqda. Chunki shu viloyatlarda rasmiy tarzda faoliyat yuritayotgan birorta ham madrasa mavjud emas.

Hozirda respublika bo`yicha O`zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi 9 ta o`rta maxsus Islom bilim yurtlari (madrasa) mavjud bo`lib, ulardan 7 tasi yigitlarga, 2 tasi ayol-qizlarga mo`ljallangan.

Madrasalar ochilishi mumkinligi haqidagi gap 1 sentyabr kuni Shavkat Mirziyoevning Xastimom majmuasida ziyolilar bilan uchrashuvida ko`tarilgan edi. Uchrashuvda Shavkat Mirziyoev yana nechta o`rta maxsus Islom bilim yurti kerakligi haqida taklif kiritishni so`ragan edi.

O`zbekistonning juda ko`plab masjidlariga faoliyat yuritishi uchun lisenziyalar beriladi

Yurtimizdagi ko`plab masjidlarga avval qurilgan, lekin lisenziya muammosi tufayli o`z faoliyatini boshlay olmagan masjidlarga xalqning istak va takliflaridan kelib chiqqan holda faoliyat yuritish uchun lisenziyalar berilishi mumkin. Gap yurtimizdagi ko`plab masjidlar haqida ketmoqda.

O`zbekistondagi masjidlar soni hozirda 2043 tani tashkil etadi. Shundan eng ko`pi Samarqand viloyatida bo`lib, u erda 285 ta masjid faoliyat yuritadi. Toshkent viloyatida 221 ta, Farg`ona viloyatida 192 ta masjid ro`yxatga olingan.

Diniy ta`lim muassasalari qoshida «Qur`on kurslari» tashkil etiladi

O`zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi diniy ta`lim muassasalari qoshida xalqimiz uchun «Qur`on kurslari» tashkil etilishi mumkin. Hozirgi kunda diniy ta`lim muassasalari qoshida «Arab tili» kurslari ochilgan bo`lib, o`ylashimizcha, xalqimizning istak va xohishidan kelib chiqqan holda «Qur`on kurslari» ham ochiladi. Zero bu bo`lishi kerak bo`lgan ishlardandir. Sababi, O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan yurtimizning har bir tumanida qorilar musobaqasi o`tkazilyotgan bir vaqtda davlatimiz rahbari istaganday hofizi Qur`onlarni tayyorlash O`zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi diniy ta`lim muassasalari zimmasidadir. Mutasaddi tashkilotlar tarafidan ushbu loyiha ham amalga oshiriladi.

“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g`risida”gi qonun qaytadan tahrir qilinadi

"Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g`risida"gi qonun qaytadan tahrir qilinishi mumkin. Qonundagi tushunmovchiliklar, jumladan, fikrimizcha ibodat libosi, ro`mol masalasi batamom ijobiy tomonlama hal etiladi.

Qayd etib o`tish kerak, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev 12 oktyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari bo`yicha kengashining din va e`tiqod erkinligi masalasi bo`yicha maxsus ma`ruzachisi Ahmad Shahid bilan uchrashuvda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g`risidagi qonunchilikni takomillashtirish, dinlararo va millatlararo munosabatlar sohasida o`zaro muvofiqlashtirilgan choralar ko`rish va qo`shma tadbirlar o`tkazish masalalari ham muhokama qilingan edi.

Alloh nasib biz bu yilda siz azizlarga bundanda yaxshiroq yangiliklar haqida xabar beramiz.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1