OBUNA UChUN OYLIKDAN UShLAB QOLISh TUG`RIMI?

Savol-javob 04.01.2018, 14:46
OBUNA UChUN OYLIKDAN UShLAB QOLISh TUG`RIMI?

Turmush o`rtog`im maktabda besh soat tarix fanidan dars beradi shu bilan birgalikda maktabda Yoshlar ittifoqi etakchisi bo`lib ishlaydi. Turmush o`rtog`imning oyligidan obuna uchun ikki yuz ming so`m ushlab kolishibdi shu to`g`rimi?

Mehnat kodeksining 164-moddasiga asosan xodimning yozma roziligi bilan, bunday rozilik bo`lmagan taqdirda esa, — sudning qaroriga asosan mehnat haqidan ushlab qolinishi mumkin.

Quyidagi hollarda xodimning roziligidan qat`i nazar, mehnat haqidan ushlab qolinadi:

O`zbekiston Respublikasida belgilangan soliqlar va boshqa majburiy to`lovlarni undirish uchun;

sudning qarorlari va boshqa ijro hujjatlarini ijro etish uchun;
ish haqi hisobiga berilgan avansni ushlab qolish uchun, xo`jalik ehtiyojlariga, xizmat safarlariga yoki boshqa joydagi ishga o`tganligi munosabati bilan berilgan bo`lib, sarf qilinmay qolgan va o`z vaqtida qaytarilmagan avansni ushlab qolish uchun hamda hisob-kitobdagi xatolar natijasida ortiqcha to`langan summani qaytarib olish uchun;

hisobidan xodim ta`til olib bo`lgan ish yili tugamasdan turib mehnat shartnomasi bekor qilinganda — ta`tilning ishlanmagan davrga tegishli kunlari uchun;

xodim tomonidan ish beruvchiga etkazilgan zararni qoplash uchun, agar etkazilgan zararning miqdori xodimning o`rtacha oylik ish haqidan ortiq bo`lmasa;

intizomiy jazo tariqasida qo`llanilgan jarimani undirish uchun.

Ish haqini har gal to`lash vaqtida ushlab qolinadigan haqning umumiy miqdori xodimga tegishli bo`lgan mehnat haqining ellik foizidan ortib ketmasligi lozim.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1