Turkiyaning Ziraat Bankasi davlat banki o`zbek-turk banki — UTBANK'ning 100 foiz ulushini sotib oldi va uning yagona aksioneriga aylandi.
Bungacha UTBANK aksiyalarining yarmi Ziraat Finance Group'ga, qolgan 50 foizi «Agrobank» tijorat bankiga tegishli edi.
2017 yil 25 dekabr kuni UTBANK'ning nomi Ziraat Bank Uzbekistan'ga o`zgargandi, deb xabar qiladi mahalliy bank sayti.