1

PREZIDENT EVROPA INVESTISIYa BANKI BILAN KELIShUVNI TASDIQLADI

Iqtisodiyot 06.01.2018, 09:44
PREZIDENT EVROPA INVESTISIYa BANKI BILAN KELIShUVNI TASDIQLADI

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Evropa investisiya banki (EIB) bilan hamkorlik to`g`risidagi hadli bitimni tasdiqladi. Bu haqda «Xalq so`zi» gazetasi xabar bermoqda.

Prezidentning tegishli qarori 2018 yil 4 yanvarda imzolangan.

O`zbekiston hukumati va EIB o`rtasida 2017 yilning oktyabr oyida Vashingtonda mamlakatdagi moliya muassasasining O`zbekistonda faoliyat boshlashini nazarda tutuvchi hamkorlik to`g`risidagi bitim imzolangan edi.

Prezident qaroriga ko`ra, O`zbekiston investisiyalar bo`yicha davlat qo`mitasi EIB bilan o`zaro hamkorlik qilish va mazkur kelishuvni amalga oshirish uchun mas`ul organ sifatida tayinlangan.

Shu tariqa, O`zbekiston EIB faoliyat yuritadigan Markaziy Osiyodagi to`rtinchi mamlakat bo`ldi. Bugungi kunda bank Qozog`iston, Qirg`iziston hamda Tojikistonga infratuzilma loyihalari, shuningdek, kichik va o`rta biznesni moliyalashtirish uchun qariyb 710 million evro mablag` ajratgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1