1

TOShKENTDA "EHTIROM" MUKOFOTI SOHIBLARI TAQDIRLANMOQDA

Madaniyat 06.01.2018, 19:37
TOShKENTDA "EHTIROM" MUKOFOTI SOHIBLARI TAQDIRLANMOQDA

Poytaxtimizda O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining madaniyat va san`at sohalaridagi "Ehtirom" mukofoti sohiblarini taqdirlashga bag`ishlangan tadbir bo`lib o`tmoqda. Bu haqda O`zA xabar qildi.

Tadbirda san`atning turli jabhalarida fidokorona mehnat qilayotgan hamyurtlarimiz, rejissyor va xonandalar, bastakorlar, musiqa ijrochilari, muzey va teatr mutasaddilari, oliy ta`lim maskanlarining professor-o`qituvchilari, ommaviy axborot vositalarining xodimlari taklif etilgan.

Davlatimiz rahbarining 2017 yil 3 avgust kuni mamlakatimiz ziyolilari bilan uchrashuvi chog`ida san`atning barcha yo`nalishlari, adabiyot, media sohaga e`tibor va g`amxo`rlik ko`rsatishga oid amaliy chora-tadbirlar bilan birga yosh avlod ma`naviyatini yuksaltirish, ularning didi va tafakkurini to`g`ri shakllantirishda ijodkorlar zimmasidagi mas`uliyatni yanada kuchaytirish borasida dolzarb vazifalar belgilandi.

Tadbirda san`at va madaniyat sohasida samarali va fidokorona mehnat qilayotgan ijodkorlar taqdirlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1