Ertaga, 8 yanvar kuni poytaxtimizdagi «Olimpiya shon-shuhrati» muzeyida O`zbekiston havaskor va professional kikboksing assosiasiyasi tomonidan matbuot anjumani o`tkaziladi. Bu haqda O`zA xabar qildi.
Anjumanda muaytay bo`yicha ikki karra jahon chempioni Anvar Boynazarov hamda «TNA» qoidalari bo`yicha o`tkazilgan «TATNEFT» kubogi g`olibi va kikboksingning WAKO yo`nalishida jahon chempioni bo`lgan Sher Mamazulunov ishtirok etadi. 

Soat 13:00da boshlanadigan ushbu matbuot anjumaniga barcha ommaviy axborot vositalari xodimlarini taklif etamiz.






