Toshkent shahrida joylashgan O`zbekistondagi eng yirik masjid — «Hazrati imom» majmuasida 7 yanvar, yakshanba kunidan boshlab mo`min-musulmonlarni namozga chorlovchi azon ovoz kuchaytirgichlar orqali yangray boshladi. Bu haqda «Azon.uz» xabar bermoqda.
Namozdan so`ng masjid imomi bu voqeaga alohida to`xtalib, ko`plab xayrli ishlari qatori azonni baland ovozda chaqirish ham davlat rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotganini ma`lum qilgan.
Shuningdek, Habibulloh qori Abdurazzoqov O`zbekistonda yana ko`plab masjidlar ochilishi haqida xushxabarni ham aytib o`tgan.
Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev xalq deputatlar viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida uch bosqichda o`tkazilishi rejalashtirilayotgan Qur`oni karim musobaqasiga to`xtalib, «Qur`oni karimni eshita olsak, eshittira olsak, elimizga nur keladi», deb ta`kidlagandi.