“O`zeltexsanoat” uyushmasi OAJ shaklidagi aksiyadorlik kompaniyaga aylantirildi.
Bunday qaror O`zbekiston Prezidenti Islom Karimov tomonidan qabul qilindi. Yangi kompaniya elektrtexnika sohasidagi korxonalarning ishlab chiqarish va marketing faoliyatini nazorat qiladi, deya xabar beradi Uzdaily nashri.
“O`zeltexsanoat” AK ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning ichki va tashqi bozordagi talabini o`rganadi. Kompaniya elektrtexnika mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va modernizasiya qilishga, maishiy elektrotexnika ishlab chiqarish uchun xorijiy investorlarni jalb qilishga ham javobgar sanaladi.