AsosiyMadaniyat

“O`ZBEKISTON BO`YLAB SAYoHAT QILING” IChKI TURIZMNI RIVOJLANTIRISh DASTURI: TOShKENTLIK YoSh SARDORLARNING BUXOROGA SAYoHATI MAROQLI O`TDI (FOTO)

'“O`ZBEKISTON BO`YLAB SAYoHAT QILING” IChKI TURIZMNI RIVOJLANTIRISh DASTURI: TOShKENTLIK YoSh SARDORLARNING  BUXOROGA SAYoHATI MAROQLI O`TDI (FOTO)'ning rasmi

“O`zbekiston bo`ylab sayohat qiling” shiori ostida yoshlarning ichki turizmga qiziqishini oshirish, ularning boy tarix, qadimiy obidalar va madaniy-meros ob`ektlariga sayohatlarini tashkil etish maqsadida 2018 yilning 6 yanvar kuni Toshkent shahridagi umumta`lim maktablarining 50 nafar “Kamalak” va “Yoshlar Ittifoqi” sardorlaridan iborat yoshlar jamoasi Buxoro viloyatiga tashrif buyurishdi.

Yoshlarning mazkur sayohatini amalga oshirish jarayonida “O`zbekiston bo`ylab sayohat qiling” dasturi doirasida ishlab chiqilgan chora-tadbirlar asosida “Afrosiyob” poezdining chiptalarini xarid qilinishida 50 foizli chegirmalardan foydalanildi.

O`zbekiston yoshlar ittifoqi markazi kengashi tashabbusi asosida Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi va Buxoro viloyat hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu sayohat davomida toshkentlik yosh mehmonlar Buxoro shahridagi “Ark” qo`rg`oni, “Poyi Kalon” majmuasi, “Toqi zargaron” va “Toqi telpakfurushon” savdo markazlari, Ulug`bek va Abdulazizxon madrasalari, Abdullaxon hunarmandlar rastasi, “Labi hovuz” ansambli, “Moxi xossa” saroyi va Bahovuddin Nashqband ziyoratgohlariga sayohat qilishdi.

Sayohat yakunida o`quvchi yoshlar Buxoro shahrida qayta rekonstruksiya qilingan “Yoshlar markazi” binosi, undagi tashkil etilgan to`garaklar hamda yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi.

Yoshlarimiz sayohati qiziqarli va taassurotlarga boy bo`ldi.




    Boshqa yangiliklar