YaNA QIZ TUG`SANG, U MENGA KERAK EMAS…

Hidoyat sari 09.01.2018, 16:14
YaNA QIZ TUG`SANG, U MENGA KERAK EMAS…

Bir madrasada dars beradigan odobli-axloqli muallima bor edi. Yoshi ham o`tib borar, eshigiga kelgan sovchilariga rad javobini berar edi. Hamkasblari undan:

– Nega turmush qurmaysiz, axir sizda Xudo bergan husn-jamol etarli-ku? – deb so`rashsa, u aytardi:

– Shu atrofda beshta qizi bor ayol bo`lgan. Eri unga, agar yana qiz tug`sang, u menga kerak emas, deb tahdid qildi. Vaqti-soati etib, ayol yana qiz tug`di. Bu ulug` ne`matga shukr qilish o`rniga ota go`dakni ko`tarib, kimdir olar, deb, xufton namozidan keyin masjid eshigini oldiga tashlab keldi. Bomdodda kelib qarasa, go`dak joyida turganmish, hech kim olmabdi. Qaytarib uyiga olib keladi. Shu zaylda ota har kun murg`akgina go`dakni masjid oldiga tashlab kelar, lekin hech kim olmasdi. Etti kun shu ahvolda o`tibdi. Onaizor esa Qur`on o`qib, qizalog`idan ayrilib qolmasligini Allohdan yolvorib so`rardi. Ota ham zerikib, go`dakni qayta olib bormay qo`ydi. Mehribon ona esa go`dagidan ajrab qolmaganiga juda quvondi. Ayol yana homilador bo`ldi, yana o`sha xavotir… ko`zi yoridi va nihoyat o`g`il…

Shu orada katta qizi vafot etdi.

Vaqtlar o`tib, ayol yana homilador bo`ldi, bu safar ham o`g`illik bo`ldi. Ko`p o`tmay ikkinchi qizi hayotdan ko`z yumdi. Shunday qilib, birin-ketin yana uchta o`g`illik bo`ldi-yu, keyingi uchta qizidan ham ayrildi. Negadir, har ko`zi yorib, o`g`il tug`ganida bittadan qizi qazo qilaverardi. Nihoyat, beshta o`g`il va o`sha oltinchi qizi qoldi. Taqdir taqozosi bilan, Ona ham olamdan ko`z yumdi.

Oradan bir necha yillar o`tdi, qizaloq ham bolalar ham ulg`aydi, ishlik, joylik bo`ldi.

Muallima gapida davom etdi:

– O`sha otasi menga kerak emas deb, ko`chaga tashlab kelgan qiz kimligini bilasizlarmi? O`sha menman. Turmush qurmaganimga sabab: otam yolg`iz, Yoshi ham ulug`, men unga yordamchi, shofyor tayinladim, o`zim ham uning xizmatidaman. Ukalarimga kelsak, ular otamning ziyoratiga deyarli kelmaydi, kelsa ham bir oyda bir, yana biri ikki oyda bir marta keladi, xolos.

Otam menga qilgan ishlariga pushaymon bo`lib, ko`p yig`laydi…

“Qisosun allamatni al-hayat” kitobidan olindi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1