AsosiyJamiyat

150dan ortiq talaba Beeline’da amaliyot o`tash istagini bildirdi

Beeline  aloqa operatori  III va IV kurs talabalaridan “Uchinchi avlod-2014” tashqi o`quv dasturida ishtirok etish uchun so`rovlarni yig`ishni davom etmoqda.

Bugungi kunda mamlakatning turli oliy o`quv yurtlarining talabalaridan kompaniyada amaliyot o`tash uchun 150dan ortiq anketalar topshirilgan.

Eslatib o`tamiz, bu yil amaliyot o`tash “Uchinchi avlod-2014” dasturi doirasida Beeline‘ning tijorat, axborot texnologiyalari direksiyasi, shuningdek texnik direksiyalarida ochilgan. So`rovlar va rezyumelar graduate@beeline.uz elektron manzili orqali qabul qilinmoqda.

Voqeani sharhlar ekan, Unitel‘ning jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov shunday dedi: “Har kuni bizga talabalardan anketalar va arizalarni uzaytirish bo`yicha savollar kelmoqda. Shu sababli biz ularni vaqt bilan cheklamasdan arizalar qabulini davom etishga, so`ngra eng yaxshilarini Beeline‘da amaliyot o`tashga taklif qilishni qaror qildik. Ta`kidlash joizki, arizalar barcha oliy o`quv yurtlarining darslarni yaxshi o`zlashtirayotgan III va IV kurs talabalaridan qabul qilinadi”.

Amaliyot natijalariga ko`ra eng muvaffaqiyatli talabalarga o`qish bilan moslashgan holda maxsus ish jadvali, istiqbolda esa Beeline‘ning doimiy xodimi ish o`rni beriladi. “Uchinchi avlod” amaliyot o`tash doirasi 2014 yilning iyun-avgust oylariga rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar