AsosiySiyosat

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig`ilishi bo`lib o`tmoqda

'O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig`ilishi bo`lib o`tmoqda'ning rasmi

10 yanvar kuni O`zbekiston Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining majlisi bo`lib o`tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma`lum qildi.

O`zbekiston Qurolli Kuchlarini isloh qilish va rivojlantirish yuzasidan o`tkazilgan majlisda ma`ruza qilgan Shavkat Mirziyoev mudofaa sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar qanchalik samara berishi armiya va xalq birdamligiga bog`liqligini ta`kidladi. Qurolli Kuchlar barcha davlat idoralari, muassasa va korxonalar uchun etuk kadrlar tayyorlaydigan mardlik va vatanparvarlik maktabiga aylanishiga erishish zarurligini bildirdi.

Yig`ilishda Qurolli Kuchlarning jangovar holatga shayligi ilgarigi 5 kundan hozirda 3 soatga etkazilgani, qo`shinlarni oziq-ovqat bilan ta`minlashda ilk bor autsorsing tizimi joriy qilingani qayd etildi.

Shavkat Mirziyoev bundan buyon yilda kamida to`rt marotaba qo`qqisdan jangovar tayyorgarlik tekshiruvi o`tkazilishini ma`lum qildi.

Prezident raisligida o`tgan majlisda Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov, Milliy xavfsizlik xizmati raisi Rustam Inoyatov, mudofaa vaziri Abdusalom Azizov, ichki ishlar vaziri Po`lat Bobojonov, bosh prokuror Ixtiyor Abdullaev hamda boshqa vazirlik va idoralarning rahbarlari qatnashgan.



    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar