1

O`zbekiston Qirg`izistonda to`qqizta korxona ochadi

Iqtisodiyot 11.01.2018, 12:39
O`zbekiston Qirg`izistonda to`qqizta korxona ochadi

Ettita kompaniya qirg`iz-o`zbek qo`shma korxonasi maqomiga ega bo`ladi.

Xususan, O`zbekistonning Artel Engineering va Qirg`izistonning «L.T.B» firmasi Artel markali kir yuvish mashinalarini yig`sa, Perfect Plast Profil (O`zR) va Imzo LTD (QR) plastik hamda alyumin profillarni ishlab chiqarish bo`yicha sex quradi. «O`zAvtoSanoat» va «AvtoOңdooZavod» Qirg`izistonda qishloq xo`jaligi texnikasi va avtotirkamalarni yig`ish bo`yicha ikkita korxona ochadi. Shuningdek, o`zbek kompaniyasi Qirg`izistonning «DT Texnik» hamda «Avtosentr Estakada» firmasi bilan birgalikda avtobuslarni yig`ish va transport xizmatlarini ko`rsatish bo`yicha zavodlar ochadi. «Avtosentr Estakada» hamda «Ravon Motors Tyan-Shan» kompaniyasi esa avtomobillarni yig`ish bo`yicha zavod va dilerlik markazini ochish haqida kelishib oldi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1