AsosiySport

U-23 Osiyo chempionati: O`zbekiston OTJ mezbon Xitoyni mag`lubiyatga uchratdi

'U-23 Osiyo chempionati: O`zbekiston OTJ mezbon Xitoyni mag`lubiyatga uchratdi'ning rasmi

O`zbekiston olimpiya terma jamoasi Xitoyda bo`lib o`tayotgan U-23 Osiyo chempionatidagi ikkinchi uchrashuvini o`tkazdi. Ravshan Haydarov jamoasi mezbon Xitoy bilan kuch sinashib, 1:0 hisobida zafar quchdi. Bu haqda O`FF ma`lum qildi.

Uchrashuvni faol boshlagan O`zbekiston olimpiya terma jamoasi 14-daqiqada hisobni ochishga muvaffaq bo`ldi. Ushbu golga himoyachimiz Xojiakbar Alijonov mualliflik qildi. Ikkinchi bo`limda ham vakillarimiz bir qator vaziyatlar yarata olishdi, ammo hisobni o`yin yakuniga qadar o`zgarmadi.

Dastlabki o`yinda Qatardan 0:1 hisobida engilgan O`zbekiston olimpiya termasi bugun Xitoyni engib, 3 ochkoga ega bo`ldi va guruhdan chiqish imkoniyatini saqlab qoldi. “A” guruhining 2-turida, shuningdek, Ummon va Qatar yoshlar terma jamoalari o`zaro bellashadi.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston olimpiya terma jamoasi 15 yanvar kuni 3-tur doirasida Ummonga qarshi bahs olib boradi.

U-23 Osiyo chempionati
“A” guruhi, 2-tur
12 yanvar, juma

O`zbekiston OTJ – Xitoy OTJ 1:0 (1:0, 0:0)

Gol: Xojiakbar Alijonov (14)

Ogohlantirishlar: Rustamjon Ashurmatov (57), Abbosjon Otaxonov (68) – Li Shuay (18), Xuang Jengyu (86)

O`zbekiston OTJ: 1.Botirali Ergashev, 2.Rustamjon Ashurmatov, 3.Xojiakbar Alijonov, 5.Abbosjon Otaxonov, 6.Azizjon G`aniev, 7.Odiljon Hamrobekov, 9.Zabihillo O`rinboev, 10.Javohir Sidiqov (Jasur Yaxshiboev, 66), 16.Doniyorjon Narzullaev (Bobur Abduxoliqov, 90), 17.Dostonbek Hamdamov (Oybek Rustamov, 73), 20.Dostonbek Tursunov

Xitoy OTJ: 12.Zou Yu Chen, 3.Li Syao Ming, 5.Gao Zuni, 6.Yao Junsheng (Tang Shi, 46), 7.Vey Shixao, 8.Xe Chao, 13.Li Xailong, 16.Li Shuay, 17.Yang Liyu, 19.Lyu Yiming (Xuang Jengyu, 71), 22.Ba Dun (Yuning Jang, 77).

    Boshqa yangiliklar