– Rahmat! Bu g`alaba barchamizniki! Jang haqida gapiradigan bo`lsam, hammasi o`ylaganimdek bo`ldi. Soni juda qiziqqon bo`lishiga qaramasdan tezkor jang uslubiga qarshi bahslashishi qiyin. Men uni har bir harakatini bilar edim, shu sababli ham g`alaba qozondim.
– Vazn o`lchash marosimida o`rtangizda ziddiyat kelib chiqdi. U sizga nimalar dedi?
– To`g`ri biroz bahsli vaziyat bo`ldi. Lekin professional sportda bu kabi ziddiyatlar bo`lib turadi. U ko`p maqtandi, yutaman, sen uchun oxirgi jang shu kabi har xil gaplarni aytdi. Men uning gaplariga e`tibor ham berganim yo`q. Men g`alabani qo`lga kiritishimga va uni nokautga uchratishimga ishonar edim. Isbotini butun dunyo ko`rdi. Asl o`zbek farzandlari doimo o`z kuchiga ishongan va mard bo`ladi. Bu sport, shu sababli ham men barcha raqiblarimga hurmat bilan qarayman.
– Samimiy suhbatingiz uchun rahmat!
– Faoliyatimni tezkor yoritib borayotganingiz uchun sizlarga ham rahmat. G`alabam yuqorida aytganimdek, butun O`zbekistonimizniki. Xalqimiz va yaqinlarimning ishonchini oqlaganimdan xursandman.






