1

Hafta davomida sizni nima kutmoqda? 15-21 yanvar

Munajjimlar bashorati 15.01.2018, 09:30
Hafta davomida sizni nima kutmoqda? 15-21 yanvar

Hamal

Ushbu hafta ko`p ishlarni beixtiyoriy ravishda amalga oshirasiz. Bu yaqinlaringiz bilan munosabatingizga soya solishini mumkin. Shuning uchun muloyim va sabrli bo`ling. Ayniqsa, farzandlaringiz bo`lsa, ularning iltimoslarini so`zsiz rad etishga shoshmang. Moyaliyaviy masalalarda ham bir-ikki muammo chiqishi, ya`ni xarajatlaringiz ko`payib, ularga pulingiz etmay qolishi mumkin.

Savr

Hafta avvalida ish borasida hamkoringiz yoki oilaviy munosabatlarda turmush o`rtog`ingiz bilan jiddiy mavzularda suhbatlashishdan, biror qarorga kelishdan ehtiyot bo`lib turing. Suhbatlaringiz omadli yakunlanmasligi mumkin. Echimini kutib turolmaydigan muammolaringizni ham biroz hovurnigidan tushganingizdan so`ng hal qilishga kirishganingiz ma`qul.

Javzo

Biroz hordiq oladigan paytingiz keldi. Qaltis haraktalardan, biror surunkali kasallik xurujiga sabab bo`luvchi mahsulotlar tanovulidan saqlaning. Kuchingizni ahmoqona bahslarga sarflamang. Xush ko`rmaydigan kishilar bilan o`zingizni majburlab munosabat qilmang. Ko`ngilingiz og`rigani qoladi. Umr yo`ldoshingizning mehri, e`tibori esa cheksiz quvonch bag`ishlaydi.

Saraton

Ko`ngilingiz yangilik tusayapti, qiziq va yurakka yaqin insonlar bilan uchrashishni istab qolasiz. Kayfiyatingizning xushligini ishdagi mayda-chuydalar buzmasligini uchun rahbariyat bilan gaplashganda xushmuomala bo`ling. Oilangiz davrasida quvonchli voqealar yuz berishi kutilmoqda. Balkim bolalaringiz maktab, o`qishda biror yutuqqa erishib, ko`ksingizni faxrga to`ldirar.

Asad

Ichki ovozingizga quloq tutib, biror ishda tavakkal qilmaganingiz ma`qul. Yaxshisi, aql bilan yo`l tuting har qanday masalada. Hafta oxirida yaqinlaringiz sizni xushnud qiladi. Umr yo`ldoshingiz bilan munosabatlaringiz iliqlashadi. Tadbirkorlikni yo`lga qo`ygan bo`lsangiz, daromadanigiz oshadi. Faqat qo`lingizdagi mo`may daromadni havoga sovurishdan ehtiyot bo`ling.

Sunbula

«Sunbula»lar yo`l harakatida, texnik vositalardan foydalanayotganda ehtiyotkor bo`lishlari, qoidalarga amal qilishlari shart. Mukofot puli berishlari yoki undira olmayotgan qarzingizni qaytarishlari mumkin. Natijada ko`pdan beri olishni mo`ljallayotgan kerakli biror buyumingizni xarid qilish imkoni tug`iladi. Balkim juftingizga yoki ko`ngil qo`ygan insoningizga nimadir sovg`a qilarsiz.

Mezon

Agar ikkinchi tomonning, deylik, rahbaringiz, hamkoringiz yoki turmush o`rtog`ingizning fikriga quloq tutmas ekansiz, sizning ham istaklaringiz javobsiz qolaveradi. Hayotingizda muhim o`rin tutgan shaxslardan biri bilan tortishib qolsangiz, arazni uzoq cho`zmay, yarashib oling. Dam olish kunlari oilaviy sayrga chiqishni taklif etamiz.

Aqrab

Prinsiplaringizni biroz chetga surib qo`yishingizga to`g`ri keladigan vaziyatlar yuz berishi mumkin. Axir oilada kimdir nimagadir yon bosmasa, bo`lmaydi. Ish faoliyatingizda esa engillik his qilasiz. Bunga rahbariyat bilan munosabatlaringizning iliqlashgani sabab. Ko`ngildan ishlayotganingiz uchun hammasi oson ko`chayotganligi shubhasiz.

Qavs

Surunkali kasalliklaring oldini olish uchun xalqona davo choralarini qo`llashga erinmang. Yuqumli kasalliklar yuqtirib olishdan ehtiyot bo`ling. Chunki immunitetingiz pasaygan. Ishda esa imoniyatlaringizga qarab yo`l tuting. Bo`yningizga ko`p vazifa olib olmang. Arazlashganlaringiz bilan ham yarashish fursati keldi. Qaysarlik qilib, vaqtni qo`ldan boy bermang.

Jadiy

Farzadlaringiz xulq-avtori sizni qoniqtirmayotgan bo`lsa, tanbeh, jahl qilish, qo`rqitish bilan biror yaxshi natijaga erisha olmaysiz. Yaxshisi ular bilan samimiy va dildan gaplashing. Nega bunday bo`layapti, shuning sababini aniqlang. Keyin qiziqishlaridan kelib chiqib ruhlantiring. Molk-mulk masalasida hal qilishini kutilayotgan ishlaringiz o`z echimini topadi.

Dalv

Birovlarnig ishiga aralashmaganingiz ma`qul. Hammaning o`z muammosi, o`z haqiqati bor. Do`stona maslahatingizni ham noto`g`ri tushunib qolishlari mumkin. Siz muhokama deb o`ylayotganingiz g`iybat bo`lishini ham hech gapmas. Shaxsiy hayotda yangi eshiklar ochilishi kutilmoqda. Agar biror yangi soha yoi hunar o`rganishni dilingizga tukkan bo`lsangiz, aynan hozir otni qamchilang.

Hut

Reja bilan ish qilsangiz, yutqazmaysiz. Yana og`zingizga mahkam bo`lish ham tavsiya etiladi. Ayniqsa, sinashta bo`lmagan kishilarga siringiz, dilingizdagilarni to`kib solmang. Omadli shartnomalar imzolishingiz ham kutilmoqda. Hafta so`ngida umr yo`ldoshingiz yoki sevganingiz bilan o`rtanigizdagi rishtalar yanada mustahkamlanib, bu ko`ngilingizga xotirjamlik baxsh etadi.

Sharhlar

O`qishga tavsiya qilamiz

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1