AsosiySport

O`zbekiston U-23 Osiyo chempionati chorak finaliga yo`l oldi

'O`zbekiston U-23 Osiyo chempionati chorak finaliga yo`l oldi'ning rasmi

O`zbekiston olimpiya terma jamoasi U-23 Osiyo chempionati “A” guruhi 3-turida Ummonga qarshi bahs olib borib, 1:0 hisobida zafar quchdi.

Uchrashuvning 37-daqiqasida Doston Tursunov tomonidan kiritilgan yagona gol Ravshan Haydarov jamoasiga g`alaba keltirdi. Parallel ravishda kechgan bahsda musobaqa mezboni Xitoy Qatarga 1:2 hisobida engildi.

Natijada O`zbekiston olimpiya termasi 6 ochko bilan guruhda ikkinchi o`rinni egallab, chorak finalga chiqdi. Barcha o`yinda g`alaba qozongan Qatar 1-o`rin bilan pley-off yo`llanmasiga ega bo`ldi.

“A” guruhi g`olibi Qatar “B” guruhida 2-o`rinni egallagan jamoa bilan, o`z guruhida ikkinchi o`rinni egallagan O`zbekiston OTJ esa “B” guruhi g`olibi bilan kuch sinashadi.

“B” guruhidagi holatda yuzlanadigan bo`lsak, 2-turdan keyin Yaponiya 6 ochko bilan birinchi, KXDR termasi esa 4 ochko bilan ikkinchi pog`onani egallab turibdi. “B” guruhi 3-turida aynan Yaponiya va KXDR jamoalari o`zaro bahs olib boradi.

    Boshqa yangiliklar