1

​Dimlangan kotlet - yaqinlaringizga manzur bo`ladi

SUG'DIYONA 16.01.2018, 12:05
​Dimlangan kotlet - yaqinlaringizga manzur bo`ladi

Zarur masalliqlar: 500 gr. mol go`shti qiymasi, 2 bosh piyoz, bitta bulg`or qalampiri, bir bo`lak non, 1 dona tuxum, 1 osh qoshiqdan tomat va smetana, 4 osh qoshiq o`simlik yog`i, tuz, murch.

Tayyorlanishi: 1. Piyozni yarim halqa, bulg`or qalampirini esa somoncha shaklida to`g`rang-da, 2 osh qoshiq qizdirilgan o`simlik yog`ida tuz sepib to yumshaguncha qovuring.

2. Go`sht qiymasiga ivitilgan non, tuxum, tuz va murch qo`shib aralashtiring.

3. Qiymadan 6 ta «shar» shaklini yasab, qo`lingiz bilan aylana shaklda yoying. Ichiga qovurilgan sabzavotlarni solib, kotletni o`rang.

4. Qolgan o`simlik yog`ida kotletlarni balandroq olovda tez qovuring-da, tomat va 400 ml. suv quying. 20 daqiqa dimlagach, smetanani ham qo`shib, yana besh daqiqa past olovda qoldiring. Dasturxonga bo`laklarga bo`lib, dimlangan guruch bilan tortish tavsiya etiladi.

6 kishilik

45 daqiqa

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1