1

O`zbekistonda benzin narxlari nega ko`tarildi? Ekspert izohi

Iqtisodiyot 18.01.2018, 11:22
O`zbekistonda benzin narxlari nega ko`tarildi? Ekspert izohi

O`zbekistonda benzin narxlari nega ko`tarildi? Ekspert izohi

Ekspert Akmal Abduraimovning fikricha, mamlakatimiz ichki bozordagi narxlar jahon narxlaridan bir necha marta arzon.

– Jahon Bankining ma`lumotlariga ko`ra, masalan, Avstriyadagi narxlar darajasi Vengriyadagi narxlardan 1,9 barobar, Vengriya bilan Rossiya 1,3 barobar, Rossiya bilan O`zbekiston narxlari esa 1,2 barobar farq qiladi. Yoki O`zbekiston va Avstriyadagi narxlarni solishtirsak 2,7 marotaba farq qiladi, – deydi ekspert. – Shu bilan birga, O`zbekistonda uzoq yillar davomida amalga oshirilgan narxlar siyosati narxlar darajasini va nisbatlarini bugungi kun uchun nomutanosib holga keltirib qo`yganini ham e`tirof etishimiz darkor. Shuning uchun ham narxlarni aholining to`lovga qobiliyatiga va korxonalar raqobatbardoshligiga ta`sirini hisobga olib bu borada ham mamlakatimizda keng qamrovli islohotlar amalga oshirilayotganligini qayd etishimiz zarur.

Barchani qiziqtirgan benzin narxiga to`xtaladigan bo`lsak, hozir benzin bahosi narxlar oshganidan so`ng – 0,52 AQSh dollari ekvivalentida tashkil etayapti. Hozirgi narxlar mahalliy neftni qayta ishlash zavodlari faoliyatining eng kam darajadagi iqtisodiy foydaliligini ta`minlash uchungina etarli. Benzin narxlari ko`p yillar mobaynida juda past darajada saqlanib kelgan, ya`ni qo`shnilarimiz bozorlarida shakllantirilgan narxiga to`g`ri kelmasligi, uni chetga olib ketilishiga sabab bo`lgan. Neftni qayta ishlash korxonalarining zararlari esa davlat byudjeti hisobidan qoplab kelingan. Buning o`ziga yarasha iqtisodiy va ijtimoiy sabablari bo`lgan.

Hozirgi kunda faqatgina Turkmanistonda benzin narxi respublikamizdagidan pastroq bo`lib, bir litri 0,28 AQSh dollariga teng. Qozog`istonda - 0,54 doll., Qirg`izistonda - 0,62 doll., Rossiyada - 0,69 doll., Tojikistonda - 0,75 doll. Rivojlangan mamlakatlarda benzin narxi bizdagidan ko`ra kamida 3 barobar baland. Masalan, Germaniyada - 1,61, Buyuk Britaniyada - 1,62, Italiyada - 1,83 AQSh dollariga teng.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1