1

Toshkent viloyatida er olish soddalashtirildi

Iqtisodiyot 18.01.2018, 11:32
Toshkent viloyatida er olish soddalashtirildi

Vazirlar Mahkamasining 10.01.2018 yildagi 20-son qarori bilan qator Hukumat qarorlariga o`zgartirishlar kiritilib, tadbirkorlik sub`ektlariga er uchastkalarini ajratish tartibotlari soddalashtirildi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.

2009 yilda Toshkent viloyatida yuridik va jismoniy shaxslarga er qonunchiligi, shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq er uchastkalari ajratish amaliyotini o`rganish bo`yicha komissiya tuzilgan. Komissiya Toshkent viloyati hokimligi tomonidan unga taqdim etilgan hujjatlarni o`rganadi va tadbirkorlik faoliyati, yakka tartibda uy-joy qurish va boshqa maqsadlar uchun er uchastkalarini berish bo`yicha qarorlar qabul qiladi. Bunday qarorsiz hokim er ajratish huquqiga ega emas.

Bu etarlicha uzoq davom etadigan jarayon: hujjatlar qabul qilingan paytdan e`tiboran 10 kun mobaynida ko`rib chiqiladi, shundan keyin qabul qilingan qarorni o`z ichiga olgan bayonnoma 3 kun ichida Toshkent viloyat hokimligiga yuboriladi. Va, faqat Komissiyaning ijobiy qarori bo`lganda tuman (shahar) hokimi er uchastkasi ajratilishi to`g`risida qaror chiqaradi (bir hafta muddatda).

Qabul qilingan tuzatishlar natijasida ushbu mexanizm Toshkent viloyatining faqat 5 ta tumanida saqlab qolinadi, bular: Bo`stonliq, Zangiota, Qibray, Parkent va Toshkent tumanlari. Shu tariqa, qolgan 10 ta tumanda endi er uchastkasini Komissiyaning qarorisiz olish mumkin, er ajratish tartibi esa u erda er taqdim etiladigan maqsadlarga bog`liq bo`ladi:

• shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun;

• qishloq xo`jaligiga oid bo`lmagan ehtiyojlar, shuningdek ikki va undan ortiq tumanlar (shaharlar) hududida joylashtiriladigan ob`ektlar qurilishi uchun;

• tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun.

Eslatib o`tamiz, ilgari poytaxt viloyatning 7 ta tumanida er uchastkalarini ajratish vaqtincha to`xtatib turilgan edi.

Hujjat 12.01.2018 yildan kuchga kirdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1