1

O`zingizga ishonchni qanday oshirish mumkin?

SUG'DIYONA 18.01.2018, 12:40
O`zingizga ishonchni qanday oshirish  mumkin?

Aslini olganda, maslahat berishni yoqtirmayman. Negaki, biror kimga yo`lyo`riq ko`rsatishdan avval uning hayoti, turmush tarzi, xarakteri bilan yaqindan tanishish kerak. Lekin har qanday vaziyatda ham inson o`ziga bo`lgan ishonchiniyo`qotmasligi lozim. Ishonchko`p eshiklarni ochishga qodir. Qanday eshikni chertishimizdan qat`iy nazar, uni ochayotganda muomala, tarbiya va o`zimizga nisbatan ishonchimizga tayanamiz. «Ayni dam shashtim pasayib, ishonchim sustlashib borayapti, nima qilaydeganlarga tavsiya emas, hayotiy qarashlarimdan kelib chiqqan fikrlarim bilan bo`lishmoqchiman.


Bilimingizni oshiring! Ko`proq kitob mutolaa qiling. O`z ustingizda ishlang, ilmli inson qoqilmaydi, dunyoqarashi kengaygani sayin o`ziga bo`lgan ishonchi ham ortib boraveradi. Kimningdir asossiz fikrlarini tinglash charchatadi, to`g`rimi? Sizga nisbatan ham ana shunday kayfiyatda bo`lishlarini istamasangiz, dadillashing.

Hurmatingizni biling! Ichki dunyongiz, tashqi qiyofangiz, qarashlaringizni hurmat qiling. Zero, bular ham o`zingizga bo`lgan ishonchni oshiradi. Shu bilan birga atrofingizdagilar ham hurmatingizni joyiga qo`yishadi.

O`zingizga e`tiborli bo`ling! Bilimli, o`ziga ishongan ayol hamisha go`zal ko`rinadi! Tan olaylik, «chiroylisiz» degan so`zdan o`zimizga nisbatan ishonchimiz ortadi. Darrov qaddimizni tik tutib, boshimizni baland ko`taramiz. Turmush o`rtoјimiz, farzandlarimizning e`tirofi esa o`n chandon ishonchimizni oshiradi. Shunday ekan, tashqi ko`rinishingizga ahamiyatli bo`ling!

Kerakli bo`lish!

Ayolning jamiyatda tutgan o`rni ham o`ziga nisbatan ishonchni paydo qiladi. Hatto, uy bekasi bo`lsangiz ham oila qo`rјonini mustahkam tuta bilishingiz jamiyatga qo`shayotgan hissangiz sanaladi. Bularning barini bir qisqagina qilibh «kerakli bo`lish» deb ataymiz. O`zimdan misol, talabalarga dars berayotganimda o`zimning nechog`liq kerakli inson ekanligimni sezaman va bu menga kuch beradi, ishonchim ortadi.

Mehrli bo`ling! Mehr-muhabbatingiz, e`tiboringizni atrofingizdagilardan qizg`anmang. Shunda barcha sizni qadrlaydi, qadr ko`rgan insonning esa o`ziga ishonchi oshadi.


Nigora KARIMBOEVA, aktrisa

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1