1

«Sovg`a» pishirig`i

SUG'DIYONA 19.01.2018, 16:28
«Sovg`a» pishirig`i

Mehmonlarga bitta-bittadan ulashing!

Zarur masalliqlar: xamiriga: 1 stakan un, 50 ml. suv, 1 dona tuxum; qiymasiga: 300 gr. mol go`shti qiymasi, tuz, murch; qovurish uchun: 100 ml. o`simlik yog`i, qalamcha shaklidaga shakarsiz pechene; klyar uchun: 1 dona tuxum, 5 osh qoshiq non tolqoni.

Tayyorlanishi: 1. Tuxumni tuz va suv bilan ko`pirtiring. Un solib, xamir qoring.

2. Xamirni tindirib olgach, o`rtacha qalinlikda yoying-da, piyola yordamida aylana shakllar kesib oling.

3. Qiymaga tuz va murch qo`shing.

4. Xamir bo`laklari ichiga 1 yarim osh qoshiqdan qiyma solib, «qalamcha»larni ustiga qo`ying. Keyin xamirni yarim oy shaklida tuging.

5. Tugilgan xamirni o`rtasidan ikkiga bo`lasiz.

6. Pishiriqlarni avval atalangan tuxumga botirib, keyin non tolqoniga belab olasiz. So`ngra qizdirilgan o`simlik yog`ida ikkala tomonini ham qizartirib qovurasiz.

40 daqiqa

4 kishilik

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1