1

Arzon uy-joy uchun dastlabki badalni to`lashda imtiyozlar bormi?

Savol-javob 20.01.2018, 08:55
Arzon uy-joy uchun dastlabki badalni to`lashda imtiyozlar bormi?

Yoshim 73da. 11 nafar farzandim bor. Qariganimda bir xonali bo`lsa ham arzon uy-joylardan olib, xotirjam yashasam deyman. Ammo dastlabki badalni to`lashga pulim yo`q. Men uchun imtiyozlar bormi?

Munisa Ibragimova, Jizzax viloyati, Sh.Rashidov tumani

S.Zakirov, “Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat ipoteka banki boshqaruv raisining birinchi o`rinbosari:

— “Ipoteka-bank" ATIB uy-joy sotib olish uchun ipoteka kreditlari banklar tomonidan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 3 yanvardagi 2-son bilan ro`yxatga olingan "Uy-joy qurilishiga, uni rekonstruksiya qilishga va sotib olishga ipoteka krediti berish to`g`risida"gi Nizom talablariga muvofiq ajratilishi belgilangan. Ushbu tartibga asosan ipoteka krediti, miqdori uy-joy qiymatining 75 foizidan oshishi mumkin emasligi, ariza beruvchi ipoteka krediti olish uchun uy-joy qiymatining kamida 25 foizi miqdoridagi o`z mablag`iga ega bo`lishi kerakligi belgilangan.

Yuqoridagi Nizomning 12 bandiga asosan ushbu mablag`lar ariza beruvchining nomiga bankda ochilgan jamg`arma omonat hisob raqamida milliy yoki chet el valyutasida mavjud bo`lishi kerakligi ko`rsatilgan. Ushbu jamg`arma omonat hisobraqamlariga qonunchilikda taqiqlanmagan yo`llar orqali pul mablag`larini o`tkazish mumkinligini ma`lum qilamiz.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1