1

Markaziy bank eng ko`p valyuta sotilgan va xarid qilingan hududlarni ma`lum qildi

Iqtisodiyot 20.01.2018, 09:30
Markaziy bank eng ko`p valyuta sotilgan va xarid qilingan hududlarni ma`lum qildi

Markaziy bank o`tgan yilda sotilgan va xarid qilingan xorijiy valyuta to`g`risida ma`lumotlarni ma`lum qildi. 2017 yil sentyabr-dekabr tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslardan 854 million dollarni sotib olishdi.

"Aholidan xorijiy valyutani solib olish operasiyalari asosiy ulushi Toshkent — 32 foiz%, Samarqand — 10 foiz, Farg`ona — 9 foiz%, Andijon — 8 foiz, Namangan — 7 foiz to`g`ri keladi", — deb ta`kidlashdi Markaziy bankda.

Valyutani aholiga sotishga keladigan bo`lsak, O`zbekiston banklari aholiga 56 million dollar sotishgan. Bu jarayon to`rt oy davomida doimiy ijobiy dinamikaga ega bo`ldi: sentyabrda — 3,9 million dollar, oktyabrda — 11,9 million dollar, noyabrda — 17,8 million dollar, dekabrda — 22,3 million dollar.

"Chet el valyutasini jismoniy shaxslarga sotish hajmining oyma-oy o`sishi, import qiluvchi xususiy tadbirkorlarning norasmiy bozordan bank sektoriga o`tishi bilan izohlanadi, ularning umumiy sotishdagi ulushi 60 foiz yoki 33,5 million dollarni tashkil qildi", — deya ma`lum qilishdi Markaziy bankda.

Banklarda dollar sotib olish bo`yicha etakchi bo`lgan hududlar bu: Toshkent — 48 foiz, Toshkent viloyati — 12 foiz, Namangan va Farg`ona — 9 foiz, Xorazm — 7 foiz.

Eslatib o`tamiz, O`zbekistonda 2017 yil 5 sentyabrdagi jismoniy shaxslar banklar orqali ayirboshlash yo`lga qo`yilgandi. Valyuta sotib olinishi tijorat banklarning konversion bo`limlarda xalqaro to`lov kartalariga tushirilishi orqali amalga oshirilmoqda. Ushbu kartalardan foydalanish chet el mamlakatlarda hech qanday cheklovlar yo`q.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1