Hamal
Mazkur haftada siz o`zingizdagi mehnatsevarlik qobiliyatining yanada kuchayishiga guvoh bo`lasiz. Shu sabab ishingizdan ko`proq topshiriq olasiz. Biroq o`ta ko`p ishlash ham asab tizimining toliqishiga olib keladi. Shubhali kelishuvlar va yirik xaridlardan biroz cheklanib turganingiz ma`qul.
Savr
Mazkur burj vakillari o`ziga munosib juft topish uchun ham qulay fursat. Biroq, siz ko`ngil qo`ygan inson bilan aloqalarni mustahkamlash oson bo`lmaydi. O`tkinchi hislarni sevgi deb o`ylab, adashib qolishdan ehtiyot bo`ling. Agar oilali bo`lsangiz, oilangizga ko`proq vaqt ajarting.
Javzo
Turmush o`rtog`ingiz bilan munosabatlarda ziddiyatlarga duch kelishingiz mumkin. Oila a`zolaringiz bilan ham janjallashib qolishingiz ehtimoli bor. Aksariyat burj vakillari yangi haftada asosiy vaqtini uyda o`tkazishni istaydi. Oila a`zolaringiz bilan munosabatlarni ham yumshatib olishingiz mumkin.
Saraton
Kirishuvchanligingiz va so`zamolligingiz tufayli ko`plab muammolarga barham bera olasiz. Ish bo`yicha yangi tanishlar orttirishingiz mumkin. Farzandlaringizning muammolari biroz sizni qiynab qo`yishi mumkin. Ishdagi muhit ham farovon bo`lmaydi. Sog`lig`ingizga e`tiborliroq bo`ling.
Asad
Ehtiyot bo`ling—o`zingizni tetik va dadil his etayotgan bo`lsangiz-da, ko`p ishlab, o`zingizni toliqtirib qo`ymang. Haftaning ikkinchi yarmida ishga boshingiz bilan sho`ng`ib ketasiz. Shuningdek, sizni uchrashuvlar, do`stlar diydori, mehmondorchiliklar kutmoqda.
Sunbula
O`ta charchagan bo`lishingizga qaramasdan hafta siz uchun omadli keladi. Ishingizda ham zudlik bilan bajarish lozim bo`lgan topshiriqlar sizni kutmoqda. Bu topshiriqlarni bajarish uchun butun faoliyatingiz davomidagi tajriba kamlik qilayotgandek tuyuladi. Balki malaka oshirish vaqti kelgandir?
Mezon
Burj vakillari uchun hafta og`irroq keladi. Haftaning birinchi yarmi sizga ijodiy ilhom baxsh etadi. Kasbiy faoliyatingizda yangi marralarni zabt etishingiz mumkin. Mazkur haftada davolash muolajalarini qabul qilish tavsiya etiladi. Shanba va yakshanba o`ta sermazmun o`tadi.
Aqrab
Yangi hafta garderobingizni o`zgartirish yoki to`ldirish uchun ayni qulay vaqt. Sizdagi yashirin qobiliyatlar hozir ega bo`lgan narsalaringizni yo`qotmaslik va siz uchun muhim narsalarga ega bo`lish imkonini beradi. Kareraga haddan ortiq e`tibor berib, oilangiz bir chetda qolib ketmasin.
Qavs
Ishxonada o`zgarishlar qilishga unchalik to`g`ri kelmaydigan vaqt. Kasbiy faoliyatda yangi usullarni qo`llash harajatlar va muammolar tug`dirish mumkin. Kasbingizni o`zgartirish yoki boshqa daromad manbaini izlash ham tavsiya etilmaydi. Hozir yaxshisi o`z ishingiz bilan shug`ullanganingiz ma`qul.
Jadiy
Kutilmagan xaarjatlar tufayli muammolar kelib chiqishi mumkin. Omma oldida chiqish qilish, o`z mehnat mahsulingizni boshqalarga ko`z-ko`z qilish tavsiya etilmaydi. Rejalaringiz siz kutgandek amalga oshmasligi mumkin. Sevimli xobbingiz yoki sayohatga ham vaqt ajrating.
Dalv
Hafta boshida ro`zg`or yoki oila a`zolaringizga birmuncha ko`proq pul sarflaysiz. Xonadoningizni ta`mirlatishingiz, hovlingiz dizaynini o`zgartirishngiz mumkin.
Hayotingizda siz anchadan beri kutgan o`zgarishlar ro`y berishi kutilmoqda. Shanba oilangiz bilan hordiq chiqarish va sport b ilan shug`ullanish uchun qulay vaqt.
Hut
Ish faoliyati savdo-sotiq, chet el safarlari bilan bog`liq bo`lgan insonlar uchun hafta biroz og`ir keladi. Siz o`zingizda ayrim to`siqlarni his etasiz. Kerakli gapni kerakli vaqtda ayta olishga qiynalasiz. Imzo chekayotgan hujjatlaringizga e`tiborliroq bo`ling. Shunda siz kelib chiqishi mumkin bo`lgan muammolarning oldini olasiz