1

"Haydalmagan "Neksiya"mni metallolomga topshiramanmi?"

Savol-javob 22.01.2018, 11:55
"Haydalmagan "Neksiya"mni metallolomga topshiramanmi?"

“Eshitishimcha, 1996 yilda ishlab chiqarilgan avtomobillar 2018 yildan texnik ko`rikdan o`tkazilmasmish...”, “1997 yilda "Neksiya" avtomashinasini sotib olganman. Ish davomida xizmat mashinasidan foydalanganligim sabab sotib olgan avtomobilimga ehtiyoj bo`lmagan. "Neksiya"mni nafaqaga chiqsam haydayman, deb asrab qo`ygandim. Mashina hali deyarli yangi. Endi uning taqdiri nima bo`ladi?”, “Ekin-tekinlarga borib-kelish uchun yaqinda “Jiguli” mashinasini sotib olgan edim. Sotib olgan mashinamni metallolomga topshiramanmi?”...

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 11 sentyabrdagi 707-sonli "Avtomototransport vositalarini davlat daromadiga o`tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi qarori e`lon qilingach, mushtariylar tahririyatimizga ana shu mazmundagi savollarni yo`llashdi. IIV Yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig`i, polkovnik Xolmatjon Saydaliev ana shu kabi savollarga oydinlik kiritdi.

— Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 11 sentyabrdagi 707-sonli qarori mol-mulkni davlat daromadiga o`tkazish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida qabul qilingan.

Bunga qadar ham Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 15 iyuldagi 200-sonli “Davlat daromadiga o`tkaziladigan mol-mulkni olib qo`yish, sotish yoki yo`q qilib tashlash tartibini takomillashtirish to`g`risida”gi qarori bor edi. 2017 yil sentyabrdagi 707-sonli qaror bilan O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda avtomobillarga texnik xizmat ko`rsatish bo`yicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni jalb etgan holda 20 va undan ko`p yil muddatda foydalanilgan va sud qarori asosida davlat daromadiga o`tkazilgan hamda foydalanishga yaroqsiz­ligini aniqlash uchun davlat sud ijrochilari yuritishida bo`lgan avtomototransport vositalarini xatlovdan o`tkazishi hamda bu avtoulovlarni belgilangan tartibda ikkilamchi xomashyoni qayta ishlash tashkilotlariga metall parchalari narxida topshirish choralarini ko`rish qat`iy belgilab qo`yildi. Avtomototransport vositalarini davlat daromadiga o`tkazish sud qarori asosida amalga oshiriladi. 20 va undan ko`p yil muddatda foydalanilgan va sud qarori asosida davlat daromadiga o`tkazilgan hamda foydalanishga yaroqsizligini aniqlash uchun davlat sud ijrochilari yuritishida bo`lgan avtomototransport vositalari xatlovdan o`tkaziladi.

— Avtomobilning haqiqatdan ham yaroqsiz ekanligi qanday aniqlanadi?

— O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yo`l harakati xavfsizligi xizmati organlarining mutaxassislari hamda avtomobillarga texnik xizmat ko`rsatish bo`yicha ixtisoslashgan korxonalar vakillari tomonidan aniqlanadi. Davlat daromadiga o`tkazilgan avtomototransport vositalarining yaroqsiz ekanligi to`g`risidagi xulosa O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 4 iyuldagi 191-sonli Qarori bilan tasdiqlangan "Avtotransport vositalari konstruksiya­sining foydalanish shartlari bo`yicha xavfsizligi to`g`risida"gi umumiy texnik talablarga mos kelmaydigan avtomototransport vositalariga beriladi.

— Yuqorida keltirilgan, odamlarni xavotirga solayotgan murojaatlarga qanday izoh berasiz?

— O`zbekiston Res­publikasi Vazirlar Mahkamasining 707-sonli Qarori faqat davlat daromadiga o`tkazilgan avtomototransport vositalariga taalluqli. Ishlab chiqarilgan yilidan qat`i nazar, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 31 yanvardagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan "Transport vositalarini majburiy texnik ko`rikdan o`tkazish tartibi to`g`risida"gi Nizom talablari asosida texnik ko`rikdan o`tgan transport vositalaridan foydalanish qonunchilikda taqiqlanmagan.

Inobat Ernazarova tayyorladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1