Superog‘ir vazn toifasida faoliyat yuritayotgan Bahodir Jalolov navbatdagi professional jangini Toshkentda o‘tkazadi.
Uning raqibi — 14 ta jangda mag‘lubiyatsiz seriyaga ega bo‘lgan nigeriyalik Solomon Adebayo bo‘ladi. Jalolov shu kungacha 16 ta jangda ishtirok etgan bo‘lib, ularning 14 tasini muddatidan oldin g‘alaba bilan yakunlagan.
Ma’lumot uchun, Bahodir Jalolov 2019 yilda dunyo chempioni, 2020 yilgi Olimpiada g‘olibi hisoblanadi. U hozirda WBC reytingida ilgarilab borayotgan o‘zbekistonlik bokschilardan biri sanaladi.






