O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev farmoyishi bilan Rustam Rahmonovich Tursunov Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti boshlig‘i lavozimidan ozod etildi.
Tursunov ushbu lavozimga 2021 yil fevral oyida tayinlangan edi. Bungacha u Navoiy viloyati IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i Bekmurod Abdullayev ham lavozimidan ozod qilingan edi.






