AsosiySiyosat

Mirziyoyev IIV o‘rinbosari lavozimidan ozod qildi

Bekmurod Abdullayev 2021 yil aprel oyidan buyon ushbu lavozimda ishlayotgan edi.

'Mirziyoyev IIV o‘rinbosari lavozimidan ozod qildi'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i Bekmurod Tojimirzayevich Abdullayev lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli qarori qabul qilindi.

Bekmurod Abdullayev 2021 yil aprel oyidan buyon ushbu lavozimda ishlayotgan edi.

Bungacha u Milliy gvardiya qo‘mondoni sifatida jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov qaror sabablari haqida ma’lumot bermadi.

    Boshqa yangiliklar