1

Mart oyi oxirigacha naqd pul olish mumkin bo`lgan bankomatlar soni qariyb 600 taga etkaziladi

Iqtisodiyot 22.01.2018, 15:27
Mart oyi oxirigacha naqd pul olish mumkin bo`lgan bankomatlar soni qariyb 600 taga etkaziladi

2017 yilda O`zbekistonda tovarlar va xizmatlar, shuningdek boshqa hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun bank kartalari orqali to`lovlar hajmi 53 trillion so`mni tashkil etdi, deya xabar qilmoqda O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki matbuot xizmati.

O`tgan yil natijalari bo`yicha tovarlar va xizmatlar, shuningdek boshqa to`lovlarda aholining bank kartalari orqali amalga oshirilgan hisob-kitoblar ulushi 57 foizni tashkil etdi.

Banklar tomonidan mijozlarning bank kartalaridan naqd pullarni istalgan paytda olish imkoniyatlarini kengaytirilishi natijasida tovar va xizmatlar, shuningdek boshqa to`lovlar uchun hisob-kitoblarda naqd pullar ulushining ortishi hisobiga bank kartalari bilan hisob-kitoblar ulushining kamayib borishi kuzatilmoqda.

Bank kartalari tizimidan foydalanuvchilarga yanada qulay sharoitlar yaratish, aholi gavjum joylarda bankomatlar tarmog`ini kengaytirish maqsadida 2017 yil dekabr oyida qo`shimcha 159 ta bankomat o`rnatildi, bu boradagi ishlar bosqichma-bosqich davom ettiriladi.

Joriy yilning birinchi choragi mobaynida yana 150 ta bankomat o`rnatilib, ularning soni 595 taga etkaziladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1