1

2017 yilda xorij valyutasini sotib olishga etti trillion so`m naqd pul sarflangan

Iqtisodiyot 23.01.2018, 09:47
2017 yilda xorij valyutasini sotib olishga etti trillion so`m naqd pul sarflangan

O`tgan yilda bank kassalaridan chiqim qilingan naqd pullar hajmi 46 trillion so`mni tashkil etdi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki matbuot xizmati xabar qildi.

Chiqim qilingan naqd pullarning 34 foizi ijtimoiy to`lovlarga, 32 foizi ish haqiga, 15 foizi naqd chet el valyutasini sotib olishga, 15 foizi aholining omonatlar va bank kartalari uchun berilgan naqd pullarga va 4 foizi boshqa xarajatlarga to`g`ri keladi.

2017 yilda chiqim qilingan naqd pullar hajmida eng katta ulush Toshkent shahri (27 foiz) hissasiga to`g`ri kelgan, qolgan barcha hududlarning umumiy ulushi 73 foizni tashkil etgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1