1

2018 yilda O`zbekistonda 63 milliard kub metr tabiiy gaz qazib olinadi

Iqtisodiyot 26.01.2018, 06:01
2018 yilda O`zbekistonda 63 milliard kub metr tabiiy gaz qazib olinadi

Adolatli va hurmatli rahbar bo`lish kishidan nafaqat etuk bilim va malaka, balki vijdonli, har qanday vaziyatda ham qo`l ostidagilarga xolis munosabatda bo`lishni talab etadi. Xatirchi tumani tibbiyot birlashmasi sobiq rahbarlari agar ana shu mezon asosida ishlaganlarida yuzlab xodimlarning huquqi poymol bo`lmasmidi?

Tuman tibbiyot birlashmasidagi sobiq rahbarlardan qolgan “meros”: garchi bo`sh ish o`rinlari bo`lmasa-da, fuqarolarni ishga olaverish an`anasi negadir to`xtamadi. Natijada avvaldan ishlab kelayotganlar keyinchalik 0,25 "stavka"da ishlashga majbur bo`ldi. Amaldagi qonunchilikka ko`ra, har bir xodim mehnatga haq to`lash yagona tarif setkasining birinchi razryadi bo`yicha belgilanganidan oz bo`lmagan miqdorda maosh olishi lozim. Xodimlar soni ko`paygach, tabiiyki, 234 nafar ishchi belgilanganidan kam maosh olishga majbur bo`lgan.

Ushbu holatlar yuzasidan sobiq mansabdorlar jazoga tortilgan.

Biroq, birlashmada 2016 yilning may oyidan 2017 yilning may oyiga qadar bosh shifokor vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlagan rahbar ham avvalgi boshliqlarning xatosini takrorlaydi.

Oqibatda ortiqcha shtat birliklari saqlanishi natijasida 2017 yilning birinchi choragida jami 236 million so`mdan ziyod ko`zda tutilmagan xarajatlar yuzaga keladi. Etmagan mablag`lar uchun birlashmaning moddiy rag`batlantirish va rivojlantirish maxsus fondidan qariyb 100 million so`m ishlatib yuboriladi.

Mazkur rahbar tomonidan O`zbekiston Respublikasining “Sudlar to`g`risida”gi qonuni talablari buzilgan. Masalan, birlashma bosh hisobchisi sodir etgan jinoyatlari uchun sud hukmi bilan 2 yilga axloq tuzatish, 1 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlashdan mahrum etilib, tibbiyot birlashmasining bosh muhandis lavozimiga o`tkaziladi. Biroz muddat o`tgach, unga pullik xizmat bo`limi hisobchiligi ham qo`shib beriladi. Keyinchalik esa yana bosh hisobchi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlangan.

Bo`lib o`tgan shuncha gap-so`zlarga qaramay, rahbar sudda o`z aybini tan olmagan bo`lsa-da, dalillar uning aybini yaqqol ko`rsatdi. Unga nisbatan 2 yilga moddiy javobgarlik va mansabdorlik lavozimida ishlash huquqidan mahrum qilish jazosi tayinlanib, ish haqining 20 foizini davlat foydasiga ushlab qolgan holda, 2 yilu 6 oy axloq tuzatish ishlari belgilandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1