1

«Ijarachi mulkimizga ega chiqdi»

Savol-javob 26.01.2018, 09:00
«Ijarachi mulkimizga ega chiqdi»

Murojaatlaringizga advokat Nafisa IBRAGIMOVA javob beradi. Eslatib o`tamiz, mutaxassis izohi tavsiyaviy xarakterga ega.


Bundan o`n sakkiz yil oldin bobom o`ziga qarashli bo`sh joyni qo`shnimizga foydalanishi uchun ijaraga bergan. Qo`shnimiz avtoservis ochib, shu paytgacha uni yurgizib kelmoqda. Ammo biror marotaba ham ijara haqini bermagan. Yaqinda ushbu holatga oydinlik kiritish maqsadida u bilan uchrashdik. Bilsak, avtoservis qurilgan er qo`shnimiz nomiga o`tkazilgan bo`lib, endilikda u mulkdor hisoblanarkan.Bizning ishtirokimizsiz hujjatlashtirilgan deya sudga ariza berdik. Ammo ish qo`shnining foydasiga hal bo`ldi. O`n sakkiz yil avval olingan er boshqa birovning nomiga o`tkazilib yuborilgan bo`lsa, bundan chiqdi o`sha paytlarda olingan uy ham shu tariqa qo`ldan ketishi mumkinmi? Bu holatda biz nima qilaylik?

Savol «SMS» orqali kelgan


— Sudning hal qiluv qaroridan norozi bo`lgan fuqaro apellyasiya, kassasiya yoki nazorat tartibida shikoyat xati berishi mumkin. Ammo er maydonidagi qurilma (turar - joy, noturar joy)larga egalik huquqini belgilashda ushbu er maydoni kimning nomiga ajratilganligi haqidagi hujjat asos hisoblanadi.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1