1

Sabzili rulet — mazasi og`zingizda qoladi

SUG'DIYONA 27.01.2018, 01:40
Sabzili rulet — mazasi og`zingizda qoladi

Zarur masalliqlar: yarim kg. sabzi, 250 gr. yumshoq pishloq, 3 dona tuxum, 50 gr. qattiq pishloq, 2 osh qoshiq mayonez, 30 gr. sariyog`, 2 osh qoshiq o`simlik yog`i, tuz, murch, ko`katlar.

Tayyorlanishi: 1. Qirg`ichdan chiqarilgan sabzini o`simlik yog`ida qovurib oling. Sabzi yumshagach, tuxum sarig`i, mayda to`g`ralgan ko`katlarni qo`shing. Tuz va murch seping.

2. Tuxum oqini mikser yordamida ko`pirtiring-da, sabzili aralashmaga qo`shing.

3. Gaz pechi patnisiga pishiriq qog`ozini soling. Ustiga sabzili aralashmani joylang. Sabzili korj qizdirilgan gaz pechida 15 daqiqa davomida pishiriladi.

4. Qirg`ichdan chiqarilgan pishloqqa, yumshog`ini qo`shing. Mayonezni solib, tuz namagini sozlab oling.

5.Pishgan sabzili korj ustiga pishloqli aralashma tekis surtiladi. So`ng korjni bir tomonidan boshlab, rulet shaklida o`rash lozim. Ruletni 15-20 daqiqaga muzlatgichga qo`yib olsangiz, ta`mi yanada mazali bo`ladi.

1 soat

6-8 kishilik

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1