1

Kommunal xizmatlar to`lovlarida kimlar imtiyozga ega?

Savol-javob 27.01.2018, 02:05
Kommunal xizmatlar to`lovlarida kimlar imtiyozga ega?

— Kommunal xizmatlar to`lovlarini amalga oshirishda kimlarga qanday imtiyozlar belgilangan?

M.Mamadalieva, Namangan viloyati, Norin tumani

D.AZIMOV, Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish vazirining birinchi o`rinbosari:

— Bugungi kunda kommunal xizmatlar to`lovi bo`yicha imtiyoz yoki chegirma beradigan normativ-huquqiy hujjat mavjud emas.

Biroq, kommunal xizmatlardan mavjud qarzdorliklarga to`lovlarni amalga oshirish maqsadida moddiy yordam olish uchun fuqarolarni o`zini o`zi boshqarish organlari (mahalla)ga murojaat qilishingiz mumkin.

Fuqarolarni o`zini o`zi boshqarish organlari kommunal xizmatlardan qarzdorligi mavjud, jumladan kam ta`minlangan oilalar ro`yxatini aniqlaydi hamda ushbu oilalarga umumiy mulklarni saqlash va kommunal qarzdorliklar uchun tegishli to`lovlarni to`lanishida amaliy yordam ko`rsatadi.

Agarda fuqaro yolg`iz pensioner bo`lsa, Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 12 dekabrdagi "Ijtimoiy nafaqalarni tayinlash va to`lash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi 350-sonli qaroriga muvofiq, moddiy yordam olish uchun fuqarolarni o`zini o`zi boshqarish organlariga murojaat qilishi mumkin.

Hukumatning mazkur qarori kam ta`minlangan oilalar uchun moddiy yordam tayinlanish va to`lanish tartibini belgilaydi.

Ko`p bolali oilalar, bola parvarishi uchun ijtimoiy nafaqalarni va moddiy yordam pulini olish uchun boshqa kategoriyalar bilan birga yolg`iz pensionerlar ham haqlidirlar.

Bundan tashqari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 25 dekabrdagi "O`zbekiston Respublikasining 2014 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari to`g`risida"gi PQ-2099-sonli qaroriga muvofiq, qonunchilikka asosan alohida jismoniy shaxslarni kategoriyalari, jumladan yolg`iz pensionerlar uchun mol-mulk solig`i bo`yicha imtiyozlarni qo`llash maqsadida umumiy maydondan 60 kvadrat metri soliq to`lanmaydigan maydon bo`lib hisoblanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1