1

O`zbekistonda achchiq qalampirni eksport qiladigan "Qalampir" korxonalari tuziladi

Iqtisodiyot 30.01.2018, 09:23
O`zbekistonda achchiq qalampirni eksport qiladigan "Qalampir" korxonalari tuziladi

Vazirlar Mahkamasining O`zbekistonda xorij tajribasi asosida achchiq qalampir etishtirishni ko`paytirish chora-tadbirlari to`g`risidagi qarori qabul qilindi.

Qarorga asosan qishloq xo`jaligi ekinlari tarkibini diversifikasiya qilish, fermer va dehqon xo`jaliklari daromadini oshirish hamda eksport hajmlarini ko`paytirish maqsadida xorijiy tajriba asosida achchiq qalampir etishtirilishi yo`lga qo`yiladi, deb yozadi O`zA.

Shu maqsadda yuqori hosilli qalampir urug`lari xorijdan, shu jumladan, Indoneziya Respublikasidan olib kelinadi.

Hujjatda qayd etilishicha, 2018 yilda Respublika bo`yicha jami 17 ming 117 gektar maydon, shu jumladan tomorqa er uchastkalarida qalampir ekilib, undan jami 207 ming 15 tonna hosil olish rejalashtirilgan.

Qalampir mahsulotlarini etishtiruvchi fermer, dehqon va tomorqa xo`jaliklariga qalampir etishtirish uchun shartnoma asosida bo`nak mablag`lari va zaruriyatga ko`ra moddiy-texnika resurslari bilan ta`minlash maqsadida “O`zbekoziqovqatxolding” kompaniyasining hududlardagi “Qalampir” mas`uliyati cheklangan jamiyatlari tashkil etilmoqda.

Mazkur tashkilot etishtirilgan achchiq qalampirni qayta ishlash va eksport qilish bilan ham shug`ullanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1