1

Yangi haydovchilik guvohnomasi qancha turadi?

Savol-javob 30.01.2018, 12:29
Yangi haydovchilik guvohnomasi qancha turadi?

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 2 martdagi qaroriga asosan haydovchilik guvohnomalarini guvohnomaning yangi namunalariga almashtirish haydovchilar tomonidan pasport va eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi hamda uning taloni taqdim etilganda amalga oshiriladi.

Eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi va (yoki) uning talonini yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasiga almashtirish uchun eng kam ish haqining 70 foizi, ya`ni 120 ming 568 so`m to`lanadi.

200200_200_200_02.jpg

Yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi 2017 yil 1 oktyabrdan boshlab berilishi yo`lga qo`yildi.

2018 yilning 31 dekabrigacha eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalari yangisiga ixtiyoriy tartibda, 2019 yil 1 yanvardan 2020 yil 31 dekabrga qadar esa majburiy tartibda almashtiriladi.

2021 yil 1 yanvardan boshlab eski namunadagi haydovchilik guvohnomalari haqiqiy emas, deb topiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1