1

Tavallud sanangiz Siz haqingizda so`zlaydi

SUG'DIYONA 30.01.2018, 14:40
Tavallud sanangiz Siz haqingizda so`zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchimutaxassislar har bir tavallud sanasining o`z ta`biri borligi haqida ko`p gapirishadi. Bundoq o`ylab qarasangiz, ularning ta`rifu tavsifida jon bor!

1 raqami

Oyning birinchi sanasida tug`ilganlar ijodkortabiat, o`z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi shaxs sanaladi. Ushbu raqam sohiblari jur`atli va tashabbuskor. Bu ulardagi liderlikqobiliyatidan darakdir. Mazkur sanada tug`ilgankishi maqsadi yo`lida hech nimadan qaytmaydi.

2 raqami

Bu sanada o`ta ta`sirchan kishilar dunyoga keladi.Ikki — muvozanat va mustahkam ittifoq timsoli. Shuning uchun ham mazkur sanada tug`ilganlar biznesda yaxshi hamkor, hayotda esa sodiq do`st bo`la oladilar. Yana ular muhabbat bobida romantik, sarguzashtlar ishqibozi! «Ikkichi»lar samimiy, zehni o`tkir, sezgirdirlar. Ammo muhim ishlarni hal etishda ba`zan jur`at etishmaydi va bu ularga pand beradi.

3 raqami

Keng tasavvur, aqliy salohiyat, kirishimlilik, mehr va bag`rikenglik belgisi – bu raqam. Uchinchi sanada serg`ayrat va optimistlar tug`iladi. Ular sevib qolsa, muhabbati bir umrlikdir. Fikr va g`oyalarni boshqalarga juda to`g`ri va o`rnida etkazib bera olish qobiliyati bor. Uch raqami sohiblarida arzimas xafagarchiliklar sababli chuqur tushkunlikka tushish holatlari ko`p kuzatiladi.

4 raqami

Murakkab vazifalarning uddasidan chiqadigan, mas`uliyatli, vijdonli inson. Yon-atrofdagilar uni tez-tez yordamga chaqirib turishadi. Mazkur sanada tug`ilganlarning aksariyati tanlagan kasbida muvaffaqiyat qozonadi. Ko`plab «to`rtchi»lar hayotini ilmga bag`ishlaganligi tadqiqotlardan ma`lum. Ular har qanday omadsizlikka aql bilan echim topib, yo`lida uchragan to`siqlarni engib o`tadi.

5 raqami

Erkinlik va tartib timsoli. 5-sanada tavallud topganlar o`z imkoniyatlaridan qanday foydalanish kerakligini yaxshi bilishadi. Sayohat qilishni yoqtirishadi. Tevarak-atrofdagi barcha sirli hodisalar, notanish narsalar ularning diqqat markazida bo`ladi. Numerologlar mazkur sana sohiblariga shoshilmaslik va xulosa chiqarishga oshiqmaslik kerakligini maslahat berishadi.

6 raqami

Bu sanada tug`ilganlar o`ta mas`uliyatli, iqtidorli, ijtimoiy fanlarni o`rganishga qiziquvchandirlar. Har bir ishni reja bilan amalga oshirishadi. Kerak paytda yordamini ayamaydigan, sirlaringizni saqlay biladigan yaxshi do`stdirlar. Muhabbat bobida rashkchi. Moliyaviy masalalarda qay yo`sin foyda ko`rishni biladi.

7 raqami

Bu raqamni omad timsoli, deyishadi. Haqiqatan ham, mazkur sana sohiblari aqlni hissiyotlardan ustun qo`yishadi. Kitob o`qishni, yangiliklarni yoqtirishadi. Ixtirochilikka qiziqishlari baland.Ba`zan yolg`iz qolishni istashadi. Xarakterlariga ko`ra, qaysar, serzarda bo`lishlari mumkin. Ichki sezgi yaxshi rivojlangani bois voqea – hodisalar rivojini oldindan taxmin qila olish qobiliyatiga egadirlar.

8 raqami

Bu raqam etakchilik ramzi hisoblanadi. Sakkizinchi sana sohiblari o`zlarini kuchli shaxs deb bilishadi. Ularda siyosat, jamoatchilik fikrini o`rganishgaqiziqish bor. Rahbarlikni yoqtirishadi. Hayotiy qarashlari, daromad orttirishda asqotadi. Mazkur raqam egalari ba`zan o`ta qattiqqo`l bo`lishlari mumkin bo`lsa-da, aslida mehribon kishilardir.

9 raqami

Ko`ngilchan kishilar tug`ilgan sana. Ular yaxshi do`st, romantik bo`lishadi. Ijodga havasmand, ammo ko`p hollarda bu qobiliyat yuzaga chiqmay qoladi. To`qqizning yana bir fazilati — saxiylikdir. Xafagarchiliklarni tez unutadi. U bilan suhbatlashish hamisha qiziqarli. Yagona va hamisha pand eydigan kamchiligi – qo`lida pul turmaydi.

10 raqami

Mazkur raqam sohibi o`zgaruvchan kayfiyatga ega. Negaki, 10 soni o`zida ikki raqamni birlashtirgan, 1 — hamma narsa, 0 — hech nima. Bu sanada tavallud topganlar dangalchi va hushyor. Ular har doim to`g`ri, aniq yo`ldan yurishadi. Bag`rikengliklari tufayli barchaning diqqat–e`tiborida bo`lishadi.

11 raqami

Hech bir raqam 11 kabi kuch-qudratga ega emas. Bu sanada tug`ilgan kishi chiroyli xulq – atvor, go`zal qalb egasi bo`lib shakllanadi. Uning uchun yurak amri birinchi o`rinda. Moddiy masalalar esa ro`yxat oxiridan joy olgan. So`zning kuchini yaxshi biladi. Shu bois boshqalarning so`zlarini chuqur tahlil qila oladi. Hech qachon foydasiz maslahat bermaydi.

12 raqami

Bu sanada metin irodali, optimist kishilar dunyoga keladi. Ular qalban go`zal, ajoyib tashkilotchidirlar. O`n ikki raqami insoniyat tarixida doim muhim va muqaddas sanalgan. Bundan ming yillar muqaddam kun, oy, yil va uzunlik o`lchov birliklari ayni raqam hisobida o`lchana boshlangan. Shuning uchun ham bu sanada tug`ilganlar dunyoni yaxshi tomonga o`zgartira oladilar.

13 raqami

U hech kimni va hech nimani e`tibordan chetda qoldirmaydi. Mukammal bo`lishga intilgani bois hayotini tez – tez o`zgartirib turadi. Murosasiz odam. Mojarolardan so`ng raqibi yarashishga qanchalik harakat qilmasin, ikkinchi imkoniyat aslo berilmaydi. Maqsadi sari harakatlanishda esa xafsalasizlik halal beradi.

14 raqami

Bu raqam mutlaq erkinlikka intiluvchilarga daxldor. Unga biror cheklov qo`yishga urina ko`rmang, aks holda hayotingizni butkul tark etadi. G`azablanganida o`zini boshqara olmaydi, ammo keyin pushaymon eydi. Bu raqamda tug`ilganlarning aksariyati biznesga qiziqishadi, ammo bu sohada muvaffaqiyat qozonishlari qiyin.

15 raqami

Tasavvuri keng insonlar, xususan, ixtirochilar dunyoga kelgan sana. Ular juda iste`dodli. Texnika, ijod, san`atga qiziqishadi va barchasida muvaffaqiyat qozonishlari mumkin. Biroq murakkab vazifalarni hal etishda sabr va ichki xotirjamlik etishmaydi. Muammolarni ko`ngilga yaqin olib yuborishadi. Salgina tanqid ham ularga og`ir botadi.

16 raqami

U chuqur tahlil qila olish qobiliyatiga ega. Hech nima tuyg`ulariga daxl qilolmaydi. Tarbiyali, bilimli va o`z ishiga puxta odam. Unda mas`uliyat hissi o`ta kuchli. Har qanday holatda ham o`z fikrini bildirishdan qo`rqmaydi. Ko`p gapirganlarni yoqtirmaydi va o`zi ham nihoyatda kamgap.

17 raqami

Bu sanada tug`ilganlar mard bo`lishadi. Odamlardagi samimiyatni qadrlashadi. Yolg`onni kechirishlari qiyin. Shuningdek, ular sirkasi suv ko`tarmaydiganlar xilidan. Takliflari rad etilishidan qattiq g`azablanishadi. Biror narsaga qattiq ishonishsa, bu yo`ldan qaytarish mushkul. Ko`pchilikning e`tiborida bo`lishni yoqtirishadi.

18 raqami

Adolat uchun kurashuvchilar tug`iladigan sana. Bunday odamlar nafaqat o`z manfaatlari, balki do`stlari, hamkasblarini ham himoya qilishadi. Mazkur raqam sohibi nomiga dog` tushishidan qattiq havotirga tushadi. Oilaviy munosabatlarda jufti bilan o`zaro hurmatni saqlashga astoydil intiladi.

19 raqami

Nima eksang, shuni o`rasan! 19-sanada dunyoga kelganlar bu maqolga amal qilishadi. Ular qilayotgan amallari va gapirayotgan so`zlariga nihoyatda ehtiyotkor. Yaxshi-yomon kunlarini sira unutishmaydi, shu jumladan, bunga sabab bo`lgan kishilarni ham. Vaqti kelib javob qaytarishlari mumkin. Maqsadlariga etmaguncha kurashishadi. Ular nazdida, har qanday muvaffaqiyat pul bilan bog`liq.

20 raqami

U yolg`izlikka toqat qilolmaydi. Ko`pchilik qurshovida o`zini yaxshi his qiladi. Mohir notiq, sodiq do`st, mehmondo`st, jamoat tadbirlarida faol. Bayramlar, quvnoq davralarni, musiqa, raqsni yaxshi ko`radi. Taqdirdan ko`p narsa istaydi, mo``jiza kutib yashaydi. O`z hayotidan norozi bo`laveradi. Boshqalar ta`siriga oson beriladi.

21 raqami

Mazkur raqam sohibi yashayotgan har bir kuni uchun shukrona aytadi. Taqdiridan hamisha rozi. Pulni yaxshi ko`radi! Bu sanada tug`ilgan kishilar ko`proq iqtisod, bank va moliya sohasida muvaffaqiyatli ishlashadi. Ular o`z oilasini moddiy jihatdanta`minlashga astoydil intiladi. O`z manfaatini ko`zlagan paytda o`ta shafqatsiz.

22 raqami

Ta`lim-tarbiya sohasi ularning tanlovi. Ushbu raqam egasi keng dunyoqarashga ega. Tabiat uni murakkab masalalarni hal qilish, yangiliklarni kashf etish iqtidori bilan siylagan. Mas`uliyatni zimmasiga olishdan qochmaydi va bergan va`dasini, albatta, bajaradi. Ammo mehnati yuzaga chiqishi uchun uni maqtab, olqishlab turish lozim.

23 raqami

Sarguzashtlar ishqibozi. Ba`zan ta`sirchan, shuningdek, optimist. Bir vaqtning o`zida bir nechta kasb bilan shug`ullanishi mumkin. Mazkur raqam egasi uchun hayotda eng muhimi — erkinlik. Qilayotgan ishi va hayot tarzi haqida birovga hisob berishni yoqtirmaydi. U muammolarni go`yo ohanrabodek o`ziga tortib oladi. Shu bois hayoti bir tekis kechmaydi.

24 raqami

Xavfsizlik va sadoqat ramzi. Ulardek e`tiborli va ehtiyotkor odamlar boshqa hech bir sanada tug`ilmaydi. Qaror qabul qilishdan avval, albatta,oqibatini o`ylab ko`rishadi. Mazkur raqam sohibining pazandalikka qiziqishi baland. Masalan, u restoran ochishi, mohir oshpaz bo`lib etishishi yoxud pazandalikka oid kitob chop etishi mumkin.

25 raqami

Uni hissiyotlar boshqaradi. Hech nimani e`tibordan chetda qoldirmaydi. Agar so`nggi daqiqalarda qarorini o`zgartirib qolsa, ajablanmang, demak, ko`ngli shuni buyurgan. Buning izohini undan so`rashingiz befoyda, chunki o`zi ham nega bunday qilganligini tushunmaydi.

26 raqami

U sodiq do`st va jufti halol. Irodali, saviyali, iste`dodli, ammo shuhratparast. Cheksiz xohish-istaklari va mansab ilinjida ba`zan nomaqbul ishlarga qo`l uradi. Ozodalik, tartib, go`zallikni yoqtiradi.

27 raqami

Ushbu sanada tug`ilganlar, odatda, sog`liqni saqlash sohasida o`z o`rnini topadi. Ular hissiyotga beriluvchan, ta`sirchan, g`amxo`r va rahmdil inson. Hech qachon umidsizlikka tushishmaydi. Barini boshidan boshlay oladilar. Shunday bo`lsa-da, ba`zan sabrsiz bo`lishlari ham bor gap.

28 raqami

Bu sanada tug`ilganlar o`ta mas`uliyatli. Ular orasidan ko`plab huquqshunoslar etishib chiqadi. Qat`iy tartib-qoidalarga amal qilib hayot kechirishadi. Muammolarda doim o`zgalarni aybdorbilishlari ba`zan pand berishi mumkin. Boy tasavvur va badiiy tafakkur sohibi ekanliklari esa tahsinga loyiq.

29 raqami

Qarorlarini tez-tez o`zgartiradi. Ulardan notiq va diplomatlar etishib chiqadi. Maqsadga erishish yo`lida tinim bilmay mehnat qilishadi. Yaxshi pul topa oladilar va uni ko`paytirishni ham uddalashadi. Yon-atrofdagilarni hurmat qilishsa-da,ko`pam ishonch bildiraverishmaydi.

30 raqami

Ishchan, mustaqil va kuchli irodali shaxs. Noyob xotira, teran aql egasi. Fikrlash tezligi uni qiyin vaziyatlardan tez chiqib ketishga undaydi. Hayoti qiziq voqea-hodisalarga boy, u bilan zerikmaysiz. Biror masala yuzasidan xolis va haqqoniy fikr olmoqchi bo`lsangiz, unga quloq tuting: yuzingizga haqiqatni aytish va to`g`ri maslahat berishdan hech tortinmaydi.

31 raqami

Shijoati baland odam. Hayotidagi barcha imkoniyatlardan unumli foydalanadi. Boshlagan har bir ishini maromiga etkazib yakunlaydi. Va bu xususiyati bilan jamiyatda katta mavqega erishadi. Eng qiyin loyihalarni ham hayotga tatbiq eta oladi. O`z yo`li, hech kimnikiga o`xshamagan uslubini yaratishga intiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1