1

Oziq-ovqat mahsulotlari narxining oshishiga nima sabab bo`lmoqda?

Iqtisodiyot 31.01.2018, 17:27
Oziq-ovqat mahsulotlari narxining oshishiga nima sabab bo`lmoqda?

Narx-navoning keskin oshayotgani, ayniqsa, oziq-ovqat mahsulotlarining qimmatlashuvi bugun ko`pchilikning muhokama mavzusiga aylangan. Ayrimlar narxlarning oshishiga oylik maoshlarning oshganini bosh omil qilib ko`rsatsa, boshqalar xorijiy valyuta kursining o`zgarishi bilan bog`lamoqda.

Aslida-chi? Narxlar oshishiga nima sabab bo`lmoqda? Ushbu savollar yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi o`z izohini berdi.

Vazirlik axborot xizmati ma`lumotiga ko`ra, 2017 yilning yanvar-dekabr oylarida mamlakatimizda inflyasiya darajasi 14,4 foizni tashkil qilgan. Bunda oziq-ovqat mahsulotlari (umumiy inflyasiya darajasining 48,0 foizi), nooziq-ovqat tovarlari (39,6 foizga oshgan) hamda xizmatlar tariflarining (12,4 foizga oshgan) oshishi inflyasiyani shakllantiruvchi asosiy sabablar bo`lgan.

Oziq-ovqat mahsulotlari narxining ko`tarilishi tahlil qilinganda narxlarning yuqori o`sishiga ta`sir ko`rsatuvchi bir qator muammo va kamchiliklar mavjudligini ko`rsatmoqda. Jumladan:

Qish-bahor mavsumida zaruriy miqdordagi qishloq xo`jaligi mahsulotlarini saqlash uchun mo`ljallangan omborxonalar, muzlatkichlar etarli darajada emas.

Viloyatlar va tumanlarda faoliyat ko`rsatuvchi issiqxonalar talab doirasida elektr-energiya, issiqlik va boshqa zaruriy manbalar bilan ta`minlanmagan.

Qishloq xo`jaligi mahsulotlarini zararkunandalardan himoya qilish tizimi etarli darajada tashkil qilinmagan.

Ma`lumot uchun: 2017 yilda olma va nok narxi – 71, foizga, uzum – 79,6 foizga, piyoz – 44,2 foizga, sabzi – 23,6 foizga, bodring – 187,3 foizga, pomidor – 63,2 foizga va kartoshka – 64,2 foizga oshgan hamda ularning umumiy inflyasiya darajasiga ta`siri 22,7 foizni tashkil qilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1