AsosiyIqtisodiyot

Shakar va qandolat mahsulotlari narxlari o`sishining asosiy sabablari nimada?

'Shakar va qandolat mahsulotlari narxlari o`sishining asosiy sabablari nimada?'ning rasmi

2017 yilda O`zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari orasida shakar narxining oshib ketishi sabablari odamlarni qiziqtirgan masalalardan biriga aylandi. Xo`sh, shakar va qandolat mahsulotlari narxlari o`sishining asosiy sabablari nimada? O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi mutaxassislari bunga oydinlik kiritdi.

Shakar va qandolat mahsulotlari narxlari o`sishining asosiy sababi o`rganilganda ichki ishlab chiqarish quvvatlarining aholi ehtiyojlarini to`liq qondirish imkoniyatiga ega emasligi, shakar mahsulotiga bo`lgan mavsumiy tebranishlarni bartaraf etish maqsadida etarli miqdorda shakar xom ashyosi importining amalga oshirilmaganligi aniqlangan.

Vazirlik mutaxassislarining aniqlik kiritishicha, O`zbekistonning turli hududlarida yirik savdo markazlari – supermarket va gipermarketlarning mavjud emasligi hamda tovarlar davlat xaridi tizimining etarlicha rivojlanmagani iste`mol tovarlari narxining oshishida qo`shimcha sabablar bo`lgan.

Yirik savdo markazlari narxlarning barqaror saqlab turishda, iqtisodiyotda naqd pul muomalasini tartibga solish, samarali davlat xaridi tizimining joriy qilinishi esa iste`mol tovarlari bo`yicha mavsumiy tebranishlarning oldini olish va shu orqali inflyasiyani jilovlash imkonini beradi.

Ma`lumot uchun, 2017 yilda shakar narxi o`tgan yilning dekabr oyiga nisbatan 28,8 foizga oshgan.

    Boshqa yangiliklar