1

2018 yilda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`ining miqdori qancha?

Savol-javob 02.02.2018, 10:53
2018 yilda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`ining miqdori qancha?

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`ini hisoblab chiqishda eng kam oylik ish haqining yil boshidagi miqdori (2018 yil 1 yanvar holatiga 172,240 so`m)dan kelib chiqib hisoblanadi va eng kam oylik ish haqi miqdori o`zgargan taqdirda ham o`zgarmaydi, deb xabar beradi Adliya vazirligining telegramdagi rasmiy kanali (@huquqiyaxborot).

2018 yil uchun tasdiqlangan asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlar prognozi va Davlat byudjeti parametrlariga muvofiq jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`i:

eng kam ish haqining 1 baravaridan 5 baravarigacha bo`lgan daromaddan 7,5 foiz miqdorda;

eng kam ish haqining 5 baravaridan 10 baravarigacha bo`lgan daromaddan 16,5 foiz miqdorda;

eng kam ish haqining 10 baravaridan yuqori daromaddan 22,5 foiz miqdorda undiriladi.

Eng kam oylik ish haqining bir baravarigacha ya`ni, 172,240 so`mgacha bo`lgan daromadlar soliqqa tortilmaydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1