1

Naqd xorijiy valyutani O`zbekiston bojxona chegarasi orqali olib kirish va olib chiqib ketish qoidalari tasdiqlandi

Iqtisodiyot 02.02.2018, 14:01
Naqd xorijiy valyutani O`zbekiston bojxona chegarasi orqali olib kirish va olib chiqib ketish qoidalari tasdiqlandi

Hukumat tomonidan Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari haqida qaror qabul qilindi, deya Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida (@huquqiyaxborot) ma`lum qilindi.

Qaror bilan:

Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi to`g`risida nizom;

“yagona darcha” tamoyili bo`yicha faqat Davlat xizmatlari markazlari tomonidan ko`rsatiladigan davlat xizmatlari ro`yxatini amalga oshirishga doir-chora tadbirlar tasdiqlandi.

Qarorda belgilanishicha Agentlik davlat va xo`jalik boshqaruvi organlaridan mustaqil va Adliya vazirligiga hisobot beradi.

Shuningdek 2018–2020 yillarda 58 ta davlat xizmatini ko`rsatish bosqichma-bosqich faqat Davlat xizmatlari markazlari tomonidan amalga oshiriladi.

Jumladan, 2018 yilning o`zidayoq jami 26 ta davlat xizmatidan Davlat xizmatlari markazlari orqali foydalanish imkoniyati yaratiladi. Xususan tug`ilganlikni qayd etish, adliya organlaridan chiqadigan hujjatlarga apostil qo`yish, FHDYo va notariat organlari tomonidan arxiv hujjatlarini berish, sudlanganlik haqida ma`lumot berish va h.k.

Nostrifikasiya, xorijda mehnat qilishga ruxsatnoma,ta`lim to`g`risida hujjat dublikatini berish kabi 10 ta davlat xizmatidan 2019 yilda, nikohni qayd etish, otalikni belgilash, farzandlikka olish, pensiya tayinlash, transport vositlarini ro`yxatdan o`tkazish kabi 22 ta davlat xizmati turidan 2020 yildan boshlab Davlat xizmatlari markazlari orqali foydalanish mumkin bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1