O`zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari to`g`risida ma`lumot berildi

Iqtisodiyot 04.02.2018, 13:01
O`zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari to`g`risida ma`lumot berildi

Markaziy bank O`zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari to`g`risida ma`lumot berdi.

«O`zbekiston Respublikasining Markaziy banki to`g`risida»gi Qonunga muvofiq, Markaziy bankning asosiy vazifalaridan biri sifatida respublika oltin-valyuta zaxiralarini saqlash va boshqarish belgilangan.

Oltin-valyuta zaxiralarini hisoblash metodikasi Xalqaro valyuta jamg`armasining standartlari asosida yuritiladi. Oltin-valyuta zaxiralarining tarkibi xorijiy valyuta aktivlari va quyma shaklidagi monetar oltindan iborat.

Oltin-valyuta zaxiralarini samarali boshqarish maqsadida Markaziy bank tomonidan zaxiralarning yalpi va sof qiymatlari hisobi yuritiladi.

Sof oltin-valyuta zaxiralari tijorat banklari va davlat boshqaruvi organlarining (Moliya vazirligi, Tiklanish va taraqqiyot jamg`armasi bundan mustasno) Markaziy bankda ochilgan hisobvaraqlaridagi valyuta mablag`larini, ya`ni Markaziy bankning ushbu tashkilotlar oldidagi majburiyatlarini hisobga olmaydi.

alt

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1