1

Dermatologlar yuzni yoshartirishning eng arzon va xavfsiz usulini topishdi

SUG'DIYONA 05.02.2018, 16:38
Dermatologlar yuzni yoshartirishning eng arzon va xavfsiz usulini topishdi

AQShning Illinoys shtatidagi Shimoli-G`arbiy universiteti dermatologlari qimmat kosmetika vositalari va plastik jarrohlik usulisiz yuzni yoshartirish yo`lini topdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti. Tadqiqot ishlari "JAMA Dermatology" jurnalida chop etilgan.

Universitet olimlari yuz uchun 20 haftaga mo`ljallangan maxsus mimika mashqlar dasturini ishlab chiqishdi. Dasturda 40 yoshdan 65 yoshgacha bo`lgan 16 nafar ayol qatnashib, yigirma hafta davomida kuniga yarim soatdan o`ttizdan ziyod mimika mashqlarini bajarib borishdi. Dastur nihoyasida ishtirokchilarning tajribadan oldin va keyin tushgan fotosuratlari taqqoslandi. Xulosaga ko`ra ayollarning yuzi kamida 10-15 yilga yoshargan.

Shunday bo`lsa-da tadqiqotchilar yanada aniqroq xulosa olish uchun tajribani endi ko`p sonli ayollarda o`tkazish lozimligini ta`kidlamoqda.

– Galdagi tajriba ham o`zini oqlasa, biz yuzni yoshartirishning eng arzon va xavfsiz usulini topgan bo`lamiz, – deydi, tadqiqot muallifi Murod Alam. – Maxsus mimika mashqlari yuz terisi ostidagi mushaklarning yiriklashuviga olib keladi. Natijada yuz to`lishib, teri taranglashadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1