AsosiyIqtisodiyot

Davlat moliyaviy nazorat bosh boshqarmasiga boshliq tayinlandi

'Davlat moliyaviy nazorat bosh boshqarmasiga boshliq tayinlandi'ning rasmi

Prezidentimizning qaroriga muvofiq Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi – Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi etib qayta tashkil qilingan edi.

O`zAning yozshicha, ushbu lavozimga Toshkent shahar moliya bosh boshqarmasi boshlig`i Nozimjon Sabirov tayinlandi.

N. Sabirov 1964 yilda Andijon viloyatida tug`ilgan. U Andijon viloyati davlat statistika va moliya boshqarmalarida rahbarlik qilgan. 2007-2012 yillarda esa Moliya vazirligi hududlar moliyasi bosh boshqarmasi boshlig`i lavozimida faoliyat yuritgan.

Davlatimiz rahbari tomonidan Davlat moliyaviy nazoratining asosiy vazifalari etib, zamonaviy axborot texnologiyalari va xalqaro e`tirof etilgan moliyaviy nazorat standartlari asosida masofaviy nazoratni keng ko`lamda qo`llash tizimni joriy etish orqali byudjet qonunchiligini buzish holatlarining oldini olish va profilaktikasiga qaratilgan davlat moliyaviy nazoratining rolini tubdan qayta tashkil etish belgilangan.

Ma`lumot o`rnida aytib o`tish joizki, Moliya vazirligi rahbariyati tomonidan hududiy davlat moliyaviy nazorati boshqarmalari rahbariyati lavozimlariga ham quyi tizimlarda ishlab kelayotgan, amaliy va nazariy tajribaga ega moliya, pensiya va g`aznachilik idoralaridan tayinlanishini ma`lum qilgan.

    Boshqa yangiliklar