1

Iqtisodiyot vazirligi: Go`sht narxini bir me`yorda ushlab turish choralari ko`rilmoqda

Iqtisodiyot 05.02.2018, 20:20
Iqtisodiyot vazirligi: Go`sht narxini bir me`yorda ushlab turish choralari ko`rilmoqda

O`zbekistonda go`sht-sut mahsulotlari narxlarini bir me`yorda ushlab turish maqsadida yog`-moy korxonalari tomonidan ishlab chiqariladigan chorva ozuqasini birja savdolari orqali, birinchi navbatda, bozorlarga arzon narxlarda go`sht etkazib bergan fermer va dehqon xo`jaliklariga ajratish tartibi joriy etiladi. Bu haqda O`zAga O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi mas`ullari ma`lum qildi.

Qoraqo`lchilik xo`jaliklariga ham kuz-qish mavsumida omuxta em mahsulotlari birja savdolari orqali imtiyozli narxlarda etkazib beriladi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 yanvardagi “Yog`-moy tarmog`ini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risi”dagi qaroriga muvofiq, 2018 yilning 1 yanvaridan boshlab texnik paxta chigiti istisno tariqasida o`simlik moyi ishlab chiqaradigan, zamon talablariga javob beradigan texnologiyalarga va yuqori malakali mutaxassislarga ega bo`lgan korxonalarga birja savdolari orqali sotilmoqda.

Bu, birinchi navbatda, ishlab chiqariladigan mahsulotlar sifatini va xavfsizligini ta`minlash imkonini beradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1