Bugun, 6-fevral kuni Prezident Davlat maslahatchisi, Yoshlar Ittifoqi Markaziy kengashi raisi Qahramon Quronboev yoshlarni va OAV vakillarini qiziqtirgan barcha savollarga javob beradi.
Bu haqda Quronboevning rasmiy sahifasida xabar qilingan."O`zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Qahramon Quronboev yoshlar, ularning vakillari, OAV xodimlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob berish uchun onlayn muloqot o`tkazadi. Uchrashuv joriy yilning 6-fevral, 19:00da O`zbekison yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi "Yoshlar press-klubi"da bo`lib o`tadi", — deyiladi xabarda.
Onlayn muloqot Yoshlar etakchisining ushbu sahifasida to`g`ridan-to`g`ri taqdim etilishi rejalashtirigan.
Savollar, murojaatlar va takliflar ushbu sahifa orqali onlayn tarzda ham qabul qilinishi qo`shimcha qilingan.