Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Keles” temir-yo`l chegara bojxona posti xodimlari kosmetika va parfyumeriya vositalarining noqonuniy olib kirilishi oldini olishdi.
“Ufa-Toshkent” yo`nalishida kirib kelgan yo`lovchi poezdi vagonlarini bojxona ko`rigidan o`tkazish davomida yo`lovchilardan biri B.Ziyaevning (ism-shariflar o`zgartirilgan) yuklari orasida yo`lovchi bojxona deklarasiyasida va bojxona xodimlarining og`zaki so`rovi paytida ma`lum qilinmagan 343 dona atir upalar borligi ma`lum bo`ldi. Baholash hisobotiga ko`ra, ularning umumiy qiymati salkam 13,5 mln. so`mni tashkil etar ekan.
Toshkent shahar bojxona boshqarmasidan xabar qilishlaricha, hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv harakatlari davom etirilmoqda.
Eslatib o`tamiz, respublikamizga chetdan olib kiriladigan parfyumeriya va kosmetika vositalari davlat tilida markalanishi shart. Shuningdek yurtdoshlarimiz salomatligini muhofaza qilish maqsadida, bu turdagi tovarlar majburiy tartibda sertifikatlanadigan mahsulotlar ro`yxatiga ham kiritilgan.