AQSh elchixonasi jurnalist Dilmurod Saidovning ozod qilinishi munosabati bilan rasmiy bayonot e`lon qildi.
"Amerika Qo`shma Shtatlari 2009 yilda poraxo`rlik va boshqa jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib, 12 yilga ozodlikdan mahrum etilgan jurnalist va huquq himoyachisi Dilmurod Saidovning ozod qilinishini olqishlaydi. Dilmurod Sayidov doim aybsizligini ta`kidlab kelgan. 2016 yil sentyabrida prezidentlik lavozimiga kelganidan beri o`nlab vijdon tutqunlari ozod etilgani uchun Prezident Mirziyoevni qutlaymiz", — deyiladi xabarda.
Shuningdek, elchixona Mirziyoev qonun ustuvorligi sohasini ham isloh qilish uchun muhim qadamlar qo`yganini e`tirof etgan.
"Qo`shma Shtatlar adolatni kutib, hamon qamoqda qolayotgan barcha vijdon tutqunlarini ozod etilishini, ozod etilganlarning huquqlarini qayta tiklashni va barcha fuqarolar uchun qonun ustuvorligi takomillashtirilishini kutib qoladi", — qo`shimcha qilinadi bayonotda.